Dunyoda katta musulmon aholiga ega mamlakatda prezidentlik saylovi o‘tkaziladi

Jahon 14:44 / 14.04.2019 24830

Iqtisodiy islohotlar talabi bilan davom etayotgan yirik kampaniyalardan so‘ng, Indoneziyada parlament va prezident saylovlari o‘tkazilishi ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Reuters.

Aholisining ko‘pchiligi musulmonlardan tashkil topgan Indoneziya Prezidenti, asli mebel sotuvchisi bo‘lgan Joko Vidodo 2014 yilgi siyosiy muxolifi Subianto ustidan g‘alaba qozonishi kerak. 

O‘z siyosiy karerasini kichik shahar merligidan boshlagan Vidodo sobiq general Prabovo Subianto bilan raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda.

Kuzatuvchilar amaldagi prezidentning g‘alabasini taxmin qilishmoqda.

17 aprel kuni o‘tadigan parlamentar saylovda esa 20 ming o‘rin uchun 192 milliondan ortiq fuqaro ovoz berish huquqiga ega. Quyi palatada 575ta, yuqori palatada esa 136ta o‘rin uchun kurash boshlansa, mahalliy deputatlar kengashlari uchun 2,207ta, quyi mahalliy 17,610ta o‘rin uchun siyosatchilar saylovchilar ovozini to‘plashi kerak.

Prezident Vidodo va imom Ma'ruf Amin tandemiga qarshi Buyuk Indoneziya harakati yetakchisi, sobiq general Prabovo Subianto va Jakarta gubernatori sobiq o‘rinbosari Sandiaga Uno kurashadi.

Ma'lumot uchun, Indoneziyada saylov huquqi 17 yoshdan taqdim etiladi. Umumiy saylovchilarning 40 foizi ayollar, ular uchun parlamentda kamida 1/3 o‘rin band qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: