Avstraliyada tungi klub yonida sodir bo‘lgan otishmada to‘rt kishi jarohatlandi

Jahon 09:30 / 14.04.2019 3876

Avstraliyaning Melburn shahrida tungi klub yonida otishma sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Viktoriya shtati politsiyasi.

Xabarda aytilishicha, noma'lum shaxslar tungi klub eshigi yonida turgan odamlarga qarata o‘q uzgan.  

Daily Mail gazetasi hujum oqibatida to‘rt kishi jarohatlangani haqida xabar berdi. Jarohatlanganlarning ikki nafari og‘ir ahvolda ekanligi aytilmoqda.

Politsiya voqea joyini o‘rab olgan va tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: