APL. «Mushuk-sichqon» davom etadi. «Manchester Siti» mehmonda «Kristal Pelas»ni yengib, yetakchiga aylandi

Sport 20:12 / 14.04.2019 3879

Angliya Premer-Ligasida 34-tur o‘yinlari davom etmoqda. Yo‘qotilgan ochkolar soni bo‘yicha chempionat yetakchisi «Manchester Siti» Londonda «Kristan Pelas» mehmoni bo‘lib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va turnir jadvalida vaqtincha yetakchiga aylanib oldi.

«Shaharliklar» safida Rahim Sterling (ikkita) va Gabi Jyezuslar gol urgan bo‘lishsa, «Pelas»ning yagona goliga Milivoyevich mualliflik qildi. Odatda penaltidan gol uruvchi Luka bu safar jarimadan gol urdi.

Ochkolar soni bo‘yicha chempionat yetakchisi «Liverpul» 34-tur o‘yinini Toshkent vaqti bilan 20:30da boshlaydi («Chelsi»ga qarshi). Biroq bu o‘yinda g‘alaba qozonsa ham «Liverpul» xuddi hozirgi «Siti» kabi vaqtincha yetakchiga aylanadi xolos. Chunki «shaharliklar» hisobida bitta zaxira o‘yini bor.

Angliya chempionati
34-tur

KRISTAL PELAS – MANCheSTeR SITI 1:3
Gollar: Milivoyevich – Sterling (15, 63), Gabriel Jyezus (90).
Kristal Pelas: Guaita, Uan-Bissaka, Kelli, van Anxolt, Denn, Milivoyevich, Shlupp (Kuyate, 22), Taunsend (Mayyer, 77), Makartur (Sako, 85), Zaa, Benteke.
Manchester Siti: Ederson, Kompani, Mendi, Uoker, Laport, de Bryuyne, Gyundogan, Sane (Stounz, 87), Silva (Bernardu Silva, 65), Sterling, Aguero (Gabriel Jyezus, 75).

Ko‘proq yangiliklar: