Alibaba asoschisi haftada olti kun sutkasiga 12 soatdan ishlashni yoqlab chiqdi

Light 00:33 / 14.04.2019 16220

Alibaba Group asoschisi, milliarder Jyek Ma Xitoy internet-kompaniyalari, jumladan Alibaba kompaniyasida ortig‘i bilan ishlashni yoqlab chiqdi, deb xabar berdi Reuters.

Biznesmen Alibaba xodimlari bilan uchrashuvda bu borada o‘z fikrini bayon etdi.

“Ertalab to‘qqizdan kechqurun to‘qqizgacha ishlash imkoniyatini ne'mat deb o‘ylayman. Bu dunyoda hammamiz omad, to‘kis hayot va atrofdagilarning hurmatini orzu qilamiz. Ammo ayting-chi, boshqalarga nisbatan ko‘p vaqt va kuch sarflamasdan bunga qanday erishishingiz mumkin?”, dedi u.

Ma Alibaba kompaniyasida ishlashni istaydiganlar kuniga 12 soatdan ishlashga tayyor bo‘lishlari kerakligini qo‘shib qo‘ydi.

U 1999 yilda kompaniyasini tashkil etganida o‘zi ham qattiq ishlaganini eslatdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uzoq davom etadigan ish kuni hayotining bir qismiga aylangan va kuniga 12 soatdan ishlashni baxt deb biladi.

Xitoy IT-kompaniyalarida me'yoridan ortiq ishlash muammosi aprel oyi boshida ko‘tarildi. Faollar guruhi GitHub platformasida xodimlar kuniga 12 soatdan ishlayotganliklari ustidan shikoyat qilishlari mumkin bo‘lgan sahifa tashkil etdi.  

Sahifa tashkil qilingan kunning ertasiga Xitoy kompaniyalari brauzerlari, jumladan Alibaba’ning UC Browser va Tencent’ning QQ Browser brauzerlari GitHub sahifalariga kirishni to‘sib qo‘ydi.

Ko‘proq yangiliklar: