13 nafar yo‘lchining maoshini to‘lamayotgan korxona faoliyati o‘rganildi

Jamiyat 11:16 / 14.04.2019 10286

Samarqand viloyati Narpay tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 13 nafar xodimning oylik ish haqlari o‘z vaqtida to‘lanmasdan kelinayotganligi aniq landi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Samarqand viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan «Inson huquqlari–oliy qadriyat» loyihasi doirasida Narpay tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida o‘rganish olib borilib, monitoring hamda huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida, Narpay tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar asosida 13 nafar xodimning oylik ish haqlari o‘z vaqtida to‘lanmasdan kelinayotganligi aniqlanib, ushbu holat yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudiga ellik bir million olti yuz ellik to‘qqiz ming olti yuz o‘n sakkiz so‘mlik ish haqini undirish to‘g‘risida ariza kiritilgan. 

Ta'kidlanishicha, sud qarori bilan 13 nafar xodimga to‘lanmasdan kelinayotgan oylik ish haqlari to‘lanishiga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: