Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda ikki yigit voyaga yetmagan qizning nomusiga tegdi

Foto: Vasiliy Shaposhnikov / Kommersant'
Qoraqalpog‘iston Respublikasi janubiy tumanlarining birida yuz bergan ushbu jinoyatning o‘z vaqtida oldi olinganida edi, bugungi kunga kelib, guldek bir qizning nomusi oyoqosti bo‘lmagan, yosh, navqiron ikki yigit esa temir panjara ortida o‘tirmagan bo‘lardi, deb yozmoqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi bo‘lim katta prokurori Alfiya Bisenova «Huquq» nashrida.
1993 yilda tug‘ilgan B.E. bundan uch yil oldin badanga shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyatga qo‘l urgan, ammo sudning ajrimiga ko‘ra uning ayblilik masalasi taraflarning yarashganligi munosabati bilan harakatdan tugatilgandi. Bu, agar u teranroq fikr yuritganida, yoshlikdagi xatosidan tegishli xulosa chiqarib olishi uchun o‘ziga berilgan imkoniyat edi. Afsus, voqea «qahramon»laridan biri o‘tmishdagi xatosidan tegishli xulosa chiqarmadi. Aksiga olib, bekor yurdi, tayinli bir ishning boshidan tutmadi, qolaversa, yosh oilasi «tashvish»ini ota-ona ixtiyoriga topshirib, «o‘ziga o‘xshagan»lar bilan ulfatchilik qilishni odatga aylantirdi.
B.E. shunday kunlarning birida axloqan qashshoqligi bois oilasidan ajrashgan, na kelinlik xonadoniga, na ota uyiga sig‘may, sayoq yurgan D.H. bilan tanishib qoladi. Buni qarangki, «dunyoqarashlari» biri-biriga o‘xshash bu kimsalar «pinhona» uchrashuvlarini ham boshlab yuborishadi.
B.E. bu paytlarda o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan, hali balog‘at yoshiga yetmagan qizning ham «boshini aylantirib», xayolida uni ham o‘ziniki qilib qo‘ygandi…
B.ning bunday yurishlari kunlardan bir kun qandaydir ko‘ngilsizlikni keltirib chiqarishi o‘z-o‘zidan ma'lum edi. Ammo, B., D. va ularning tanishlari bo‘lgan O.M., O.H. va Sh.I. bu haqiqatni hatto xayoliga ham keltirmasdi.
Tuman hududida joylashgan kafelarning biridan mast holatda chiqqan yigitlar «o‘tirish»ni davom ettirish maqsadida O.H.ning bo‘sh turgan uyiga borishadi. Tabiiyki, ichkilikbozlik bu yerda ham davom etib, «o‘tirish» qiziydi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, B. mast holatida bu uyga voyaga yetmagan tanishini ham olib keladi. Hali balog‘at yoshiga yetmagan, uning ustiga, bunday tartibsiz «o‘tirish»larda ishtirok etib ko‘rmagan qiz o‘zini noqulay sezadi. Ayniqsa, uning qo‘liga aroq to‘la piyola tutqazilganida, u dasturxon atrofidagilarga o‘zining aroq ichib ko‘rmaganligini va umuman, ichishni xohlamasligini aytadi. Lekin, u «ichmayman» deb qancha harakat qilmasin, baribir, atrofdagilarning qistovi bilan ichishga majbur bo‘ladi.
Mana shunday qistov ostida uch-to‘rt piyola aroq ichgan qiz mast bo‘lib qoladi. Yoshligidan foydalangan holda boshini aylantirib yurgan qizining ana shunday holatga tushishini poylab o‘tirgan B. uning yoniga boradi va go‘yoki, yordam bermoqchi bo‘lgandek, uni uyning alohida xonasiga yetaklaydi…
B. singlisi tengi qizning nomusini bulg‘ab, dasturxon atrofiga kelganidan so‘ng ichkilikbozlik yana davom etadi. B.ning pastkashligi tutib, hozirgina nima «ish» qilgani haqida aytib, maqtanar va bundan o‘zicha huzurlanardi. Eng achinarlisi, bu ishning oqibati nimalarga olib kelishi mumkinligini shu yerda o‘tirganlarning hech biri hatto xayoliga ham keltirmasdi. Aksincha, endi bu «xona»ga mast holatda bo‘lgan O. ham kirishga qaror qiladi va qizning ojizligidan, ya'ni o‘zini himoya qilish imkoniyatiga ega emasligidan foydalanadi…
Ikki yigit tomonidan og‘ir jinoyat sodir etilayotgan paytda qizning ota-onasi xavotirlanib, ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan va u qidirilayotgandi. Qilg‘ilikni qilib, bir qizning nomusini bulg‘agan jinoyatchilar esa jinoiy javobgarlikdan qutulish maqsadida turli nayranglarni ishga solish bilan ovora edi. Lekin, ularning o‘ylab topgan nayranglari, tabiiyki, ish bermasligi kundek ravshan edi. Jinoyatchilar shu kunning o‘zidayoq qo‘lga olinib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sud ishni xolisona va har tomonlama o‘rganib chiqdi. Odil sudning hukmiga binoan, B.E. va O.M.ga qilmishlariga yarasha uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar bilan ushlandi
Jamiyat | 12:15
-
2 yilda respublikada o‘rnatilgan liftlarning 78 foizi texnik sinovdan o‘tkazilmagan
O‘zbekiston | 12:05
-
O‘zbekistonlik hamshiralar Bahraynga ishlash uchun yuborilishi mumkin
O‘zbekiston | 12:01
-
“Mehnatlarim havoga uchyapti” - To‘raqo‘rg‘onda bog‘ yaratgan tadbirkorning yeri olib qo‘yilyapti
Jamiyat | 11:57
Mavzuga oid

11:45 / 04.06.2025
Germaniyada 33 yoshli shaxs Suriyadagi jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi

17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti

08:38 / 05.04.2025