Qashqadaryoda 39 bosh qo‘yni o‘g‘irlab ketgan shaxslar qo‘lga olindi

Jamiyat 11:10 / 13.04.2019 6243

Shu yilning 8 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi F.R. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 7 aprelga o‘tar kechasi noma'lum shaxslar Navro‘z mahalla hududidagi “Umidov Yunus” dehqon xo‘jaligiga qarashli dala maydonida joylashgan qo‘yxonadan unga tegishli 39 bosh qo‘ylarini o‘g‘irlab ketganliklarini ma'lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Koson tumani Lolazor mahallasida yashovchi M.A., M.U. va Arabxona mahallasida yashovchi S.U. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. 

Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: