IIBB: Beruniy ko‘chasida yosh bolani urib yuborgan haydovchi qo‘lga olindi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
12 aprel kuni soat 20.50 dan 21.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Shayxontohur tumani Beruniy ko‘chasidagi aviakassa qarshisida “Matiz” rusumli avtomobilni boshqarib borgan haydovchi 5 yoshli bolani urib yuborib, voqea joyidan yashiringan.
IIBB xabariga ko‘ra, bola shifoxonada jon bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bola uyidan ruxsatsiz chiqib, serqatnov yo‘lni mustaqil kesib o‘tmoqchi bo‘lgan.
Haydovchi qo‘lga olinib, u – 27 yoshli I.I. ekanligi ma'lum bo‘ldi. Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasidan so‘ng u o‘z avtomobilini Ko‘kcha masjidi yaqinidagi mahallada qoldirib, yashirinishga uringan vaqtda qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, hozirda tergovoldi tekshiruvi olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi

07:35 / 27.07.2024