Tramp nima uchun Jahon banki rahbarligiga qizining nomzodini ilgari surmaganini aytdi

Foto: RIA Novosti / Mixail Klimentev
AQSh prezidenti Donald Tramp Atlantic nashriga bergan intervyusida o‘z qizi va maslahatchisi Ivanka Tramp nomzodini Jahon banki prezidentligiga ko‘rsatishni o‘ylagani haqida ma'lum qildi.
"Men hatto Jahon banki rahbarligiga Ivankaning nomzodini ilgari surishni o‘ylagandim. U buni qoyilmaqom qilib uddalagan bo‘lardi, chunki raqamlar bilan zo‘r ishlaydi", - dedi Tramp.
Amerika prezidenti o‘zini qarindosh-urug‘chilikda ayblashlari mumkinligidan xavfsirab AQSh vakili sifatida qizining nomzodini ko‘rsatish fikridan qaytganligini aytdi.
"Agarda shunday qilganimda, meni qarindosh-urug‘chilikda ayblagan bo‘lishardi, garchi buning qarindosh-urug‘chilikka aloqasi yo‘q bo‘lsa-da", - deya qayd etgan AQSh prezidenti.
Yanvar oyida Financial Times gazetasi AQSh prezidentining qizi Ivankani Jahon banki prezidenti lavozimiga nomzodlardan biri deb atashayotganini xabar qilgandi. Keyinroq Oq uy bu xabarni rad etdi, Jahon banki prezidentligiga esa AQSh moliya vazirining xalqaro ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Devid Malpass saylandi.
Mavzuga oid

18:12 / 07.03.2025
Migrantlarning pul o‘tkazmalarisiz O‘zbekistonda kambag‘allik 17 foizgacha oshishi mumkin – Jahon banki

14:58 / 20.02.2025
Jahon banki 2025 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishda davom etishini prognoz qilmoqda

17:16 / 28.01.2025
Jahon banki «Qambarota-1» GESi uchun hozircha 18,6 mln dollar ajratdi

09:28 / 23.01.2025