«Real» uch futbolchisini sotib, 250 mln yevro ishlab olmoqchi

Sport 13:30 / 12.04.2019 13056

«Real» yozda uch nafar futbolchisini sotib yuborishi mumkin.

Ispaniyaning Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, «qirollik klubi» Marselo, Isko va Garet Beylni transferga qo‘yishga tayyor. Klub ushbu sotuvlardan 250 mln yevro daromad olib, buni darhol tarkibni kuchaytirishga sarflashni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Real» Beylning transfer narxi bo‘yicha bir qarorga kelgani, uelslik hujumchisiga yangi klubini o‘zi tanlash imkoniyati berilishi xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: