Boks. O‘zbekistonning Osiyo chempionatiga boradigan tarkibi aniq bo‘ldi

Sport 23:49 / 12.04.2019 21579

Bugun, 12 aprel kuni «Orient Finans Bank»ning anjumanlar zalida boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a'zolari va boks federatsiyasi rahbariyati ishtirokida OAV uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tailand poytaxti Bangkokda 17-27 aprel kunlari boks bo‘yicha navbatdagi Osiyo Chempionati bahslari o‘tkazildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida federatsiya rahbari Saken Po‘latov, milliy jamoa a'zolari va murabbiylar ishtirok etishdi.

Osiyo Chempionatida O‘zbekiston sharafini quyidagi sportchilar himoya qilishadi:

Erkaklar
- 49 kg: Nodirjon Mirzahmedov
- 52 kg: Hasanboy Do‘smatov 
- 56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov 
- 60 kg: Shukurjon Rahimov
- 64 kg: Shunqor Abdurasulov 
- 69 kg: Bobo-Usmon Boturov 
- 75 kg: Isroil Madrimov 
- 81 kg: Dilshodbek Ro‘zmatov 
- 91 kg: Sanjar Tursunov 
+ 91 kg: Bahodir Jalolov. 
Ayollar
- 48 kg: Fotima Tursunboyeva
- 51 kg: Farangiz Hoshimova
- 54 kg: Tursunoy Rahimova
- 57 kg: Yodgoroy Mirzayeva 
- 60 kg: Rayxona Qodirova
- 64 kg: Maftuna Meliyeva 
- 69 kg: Shahnoza Yunusova
- 75 kg: Mavluda Mavlonova 
- 81 kg: E'zoza Meliyeva.

O‘zbekistonlik bokschilar 1995 yildan boshlab qit'a chempionatida ishtirok etib kelishadi. O‘zbekistonlik bokschilar bungacha o‘tkazilgan Osiyo chempionatlarida 4 marta (1999, 2002, 2007 va 2017 yillari) umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan. Rekord ko‘rsatkich 2017 yilda qayd etilgan bo‘lib, vakillarimiz 10 ta vaznning 9 tasida oltin medalga sazovor bo‘lishgan. 

Ma'lumot uchun, 1995, 1999 va 2017 yillari O‘zbekiston boks bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: