Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi FVV tizimiga o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 10 aprel kuni «O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, yong‘in xavfsizligini ta'minlashning sifatli yangicha tizimini tatbiq etish to‘g‘risida»gi farmon hamda «Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.
FVV xabariga ko‘ra, qabul qilingan hujjatlarga asosan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga:
Ichki ishlar vazirligidan Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi, uning hududiy va tarkibiy tuzilmalari hamda Yong‘in xavfsizligi instituti;
Mudofaa vazirligidan - Gidrometeorologik jarayonlarga ta'sir ko‘rsatishni boshqaruv xizmati berildi.
Shuningdek, Gidrometeorologiya xizmati markazi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga o‘tkazilmoqda.
Ushbu tuzilmalarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga berilishi munosabati bilan, vazirlik zimmasiga yong‘in xavfsizligini ta'minlash sohasida qator yangi vazifalar yuklatildi.
Yong‘in xavfsizligi quyi tuzilmalari bazasida tegishli favqulodda vaziyatlar bo‘limlari va yong‘in-qutqaruv tuzilmalari tashkil etilib, ularga yong‘inlarni bartaraf etish bilan birga qutqaruv ishlarini amalga oshirish vazifalari ham yuklatildi.
Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish Milliy markazi hamda hududiy tezkor boshqaruv markazlari tashkil etilib, ularga aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida monitoring va prognozlash vakolatlari berildi.
Nukus, Qarshi, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida yirik favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan hududiy yong‘in-qutqaruv otryadlari tashkil etilmoqda.
Ilmiy ishlarni rivojlantirish va kadrlarni tayyorlash sohasida yagona tizimni tashkil etish maqsadida:
Yong‘in xavfsizligi instituti unga kunduzgi va sirtqi yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha vazifalarni yuklagan holda Akademiyaga aylantirilmoqda;
Favqulodda vaziyatlar muammolari va yong‘in xavfsizligi ilmiy-tadqiqot instituti, Yong‘in-qutqaruvchilarning boshlang‘ich tayyorgarligi va malakasini oshirish markazi hamda oliy harbiy-ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun yoshlarni tayyorlash bo‘yicha Ixtisoslashtirilgan litsey tashkil qilinmoqda.
Bundan tashqari, hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tarkibida hayotiy faoliyat xavfsizligi markazlari tashkil qilinib, ushbu markazlarda aholini turli xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash, fuqarolar sog‘ligi va hayotiga xavf tug‘diruvchi omillar bo‘yicha ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan tadbirlarning o‘tkazilishi belgilangan.
Qayd etilgan hujjatlarda belgilangan vazifalar, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini oshirishga, ushbu sohada monitoring va prognozlash ishlarini yaxshilashga hamda yong‘inlar va favqulodda vaziyatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavflar va tahdidlarni barvaqt aniqlashga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston elchisi Turkiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekiston | 19:21
-
Hindistonda Jaguar qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
Jahon | 19:02
-
Erdo‘g‘an muxolifatning muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkazish talabini rad etdi
Jahon | 18:55
-
Amerikaning Lucid Air elektromobili Ginnes rekordini o‘rnatdi
Fan-texnika | 18:49
Mavzuga oid

10:02 / 28.06.2025
Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi qo‘lga olindi

18:54 / 01.06.2025
FVV 7 magnitudali zilzila bo‘lishi haqidagi xabarlarni rad etdi

10:12 / 27.05.2025
Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi

21:32 / 19.05.2025