Hojiakbar Alijonovning «As Sadd»ga urgan goli OChLda hafta goli bo‘lish mumkin

Sport 14:41 / 11.04.2019 8439

«Paxtakor» himoyachisi Hojiakbar Alijonovning «As Sadd» darvozasiga urgan goli Osiyo Chempionlar Ligasida haftaning eng chiroyli goli bo‘lish uchun nomzodlar qatoriga kiritildi. OFK saytida OChL 3-turida urilgan 4 ta gol saralab olingan va ular orasida muxlislar eng yaxshisini tanlashlari kerak.

Hojiakbar Alijonovning golidan tashqari «Paxtakor» - «As Sadd» o‘yinida qatarliklar futbolchisi Xavining jarimadan urgan goli ham hafta goli bo‘lish uchun nomzodlar qatoriga kirdi. Hozirda so‘rovnomada «Persepolis» futbolchisi Shojai Xolizodaning «Al Ahli» darvozasiga urgan akrobatik uslubdagi goli yetakchilik qilmoqda. So‘rovnomada qatnashgan 22 600 dan ko‘proq muxlislarning 93 foizi eronlik futbolchining goliga ovoz bergan.

So‘rovnomada Malayziyaning «Joxor» klubi futbolchisi Safavi Rashidning «Shandon Lunen» darvozasiga urgan goli ham qatnashmoqda. Ushbu havola orqali ovoz berish jarayonida qatnashishingiz mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: