Bahodir Jalolov titul kamari uchun kechgan jangda g‘alaba qozondi

Sport 07:56 / 11.04.2019 28567

O‘zbekistonlik Bahodir Jalolov bugun professional boksdagi oltinchi jangini o‘tkazdi. AQShning Nyu-York shtatida “NABF Junior Heavyweight Title” titul kamari uchun kechgan bahsda vakilimiz o‘z ustunligini namoyish qilib, yakunda g‘alabani tantana qildi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, amerikalik Brendan Barretga qarshi ringga ko‘tarilgan Bahodir jang to‘liq yakuniga yetmasdan, aniqrog‘i, birinchi raundning o‘zida raqibini nokautga uchratdi. Ta'kidlash joiz, jang sanasiga bir kun qolganda raqib o‘zgargan edi. Biroq bu holat yurtdoshimizga sira xalal bermadi.

Shu tariqa Jalolov o‘zining oltinchi jangini ham muddatidan avval yakunlab, “NABF Junior Heavyweight Title” titul kamarini qo‘lga kiritish bilan birga super og‘ir vazn toifasining reytingida yanada yuqori pog‘onaga ko‘tariladigan bo‘ldi.

Endi bokschimiz 16-27 aprel kunlari Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun terma jamoa ixtiyoriga qo‘shiladi.

Ko‘proq yangiliklar: