Klopp yangi marrani zabt etdi

Sport 09:41 / 10.04.2019 7053

Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi «Liverpul»-«Portu» uchrashuvi (2:0) mezbonlar bosh murabbiyi Yurgen Klopp uchun murabbiylik karerasidagi 400-o‘yin bo‘ldi.

Opta ma'lumotiga ko‘ra, 51 yoshli nemis mutaxassisining klublarda o‘tkazgan o‘yinlari nisbati quyidagicha: 111ta o‘yin – «Liverpul» ustozi sifatida, 180ta – «Borussiya D»da va 109ta bahs «Mayns» rulida.

Klopp «qizillar»ga 2015 yildan buyon ustozlik qilmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa o‘tgan mavsumda YeChL finaliga qadar yetib borib, unda «Real»ga 1:3 hisobida yutqazgandi.

«Liverpul» joriy mavsumda to‘rtala frontda ham kurashni davom ettirmoqda. APLda 33-turdan keyin 82 ochko bilan peshqadamlik qilyapti.

Ko‘proq yangiliklar: