Zidan Mbappe bo‘yicha qarorini o‘zgartirdi

Sport 12:20 / 09.04.2019 21905

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappening yozda «Real»ga o‘tishi ehtimoli kamaymoqda.

Don Balon nashrining yozishicha, 20 yoshli fransuzning transferi xarajatlari (xarid, maoshlar va bonuslar) 300 mln yevroga yetishi mumkin. Madrid klubi bosh murabbiy Zinedin Zidan shuni hisobga olgan holda klubning transfer budjetini to‘laligicha faqat bitta futbolchiga yo‘naltirmoqchi emas. U «Real» prezidenti Florentino Peresga murojaat qilib, Mbappedan ko‘ra, unga nisbatan arzonroq boshqa nomzodlar – Eden Azar va Pol Pogba xaridiga ko‘proq urg‘u qaratishni so‘ragan.

Qayd etilishicha, «qirollik klubi» vakillari «Liverpul» hujumchisi Sadio Maneni Mbappening o‘rniga optimal nomzod sifatida ko‘rishmoqda. Maneni Madridga olib kelish uchun taxminan 150 mln yevro sarflanishi mumkin. Ingliz OAVda 26 yoshli senegallikning shartnomasida tovon puli 230 mln yevro deb ko‘rsatilgani haqida ma'lumot bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Real» va «Chelsi» klublari Eden Azar transferi ustida savdolashishda davom etayotgani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, ispanlar 85 mln funt berishmoqchi, inglizlar esa 100 million (116 mln yevro) so‘rashmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: