Toshkent viloyatida oq rangga bo‘yab olib chiqib ketilayotgan bir kilodan ortiq tilla to‘xtatib qolindi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan “Navoiy” chegara bojxona postida zargarlik buyumlarini yashirin tarzda olib o‘tishga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekistondan mazkur post orqali chiqib ketayotgan Yu.O. xolislar ishtirokida belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Natijada, u bojxonachilarga ma'lum qilmasdan qo‘lbola usulda oq rangga bo‘yalgan, jami og‘irligi 592,16 grammni tashkil qiluvchi 207,2 million so‘mlik 1 dona zanjir va 2 dona bilaguzukni yashirincha olib o‘tayotgani aniqlandi.

Shuningdek, tadbir davomida mamlakatimizdan qo‘shni davlatga chiqib ketayotgan yana bir fuqaro Yu.M. ham xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada, uning egnidagi kiyimidan qo‘lbola usulda oq rangga bo‘yalgan, og‘irligi 601,89 grammni tashkil qiluvchi 210,6 million so‘mlik 1 dona tilla zanjir va 2 dona tilla bilaguzukni yashirincha olib o‘tishga urinishi fosh qilindi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida

11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi

20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin

09:31 / 21.02.2025