Ikardi uchun kurashayotgan «Real»ga jiddiy raqobatchi paydo bo‘ldi

Sport 15:40 / 09.04.2019 8081

«Inter» hujumchisi Mauro Ikardi «Atletiko» a'zosiga aylanishi mumkin, deb ma'lum qildi AS.

Madrid klubini yozda ikki hujumchi – Antuan Grizmann va Diyego Kosta tark etishi kutilyapti. Grizmann «Barselona»ga o‘tishni xohlayotgani haqida mish-mishlar yuribdi, Kosta esa Xitoyga yo‘l olishi mumkin.

Qayd etish kerak, «matraschilar» Ikardi uchun kurashda hamshaharlari «Real» bilan raqobatda ustun kelishlari talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Ikardi «Inter» sardorlik bog‘ichidan mahrum etilganidan so‘ng deyarli ikki oy o‘yinlarda qatnashmadi. U bu mavsum A Seriyada 22ta o‘yinda maydonga tushdi va 10ta gol urib, 3ta golga uzatma berdi.

Ko‘proq yangiliklar: