Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yuventus»ni chempionlikka yaqinlashtirgan o‘yin, undagi hakamlik mojarosi, taqdirga tan bergan «Napoli» va Italiyada turning boshqa voqealari

Foto: Juventus F.C
Dam olish kunlari Italiya chempionatida 31-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Unda e'tiborga loyiq bo‘lgan bir qancha voqealar yuz berdi.
TURINDA HAKAMLIK MOJAROSI
Turning markaziy o‘yini Turinda o‘tkazildi. «Yuventus» «Alyans Stedium»da «Milan» bilan bellashdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin hakamlik bilan bog‘liq mojaroga sabab bo‘ldi.
Allegri bu o‘yinga eksperimental tarkibni tushirdi. Murabbiy avvalo Chempionlar Ligasidan o‘rin olgan «Ayaks»ga qarshi o‘yinni yodda tutgan holda shunday qilgan bo‘lishi mumkin. Natijada, birinchi bo‘lim mehmonlarning ustunligida o‘tdi va ular tashabbusni golga aylantira olishdi. 39-daqiqada himoyachi Bonuchchining xatosidan foydalangan Bakayoko to‘pni qulay vaziyatda turgan Pyontekka oshirdi. Polshalik to‘purar esa darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib, imkoniyatdan unumli foydalandi va «Milan»ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limni «Yuventus» faol boshladi va 60-daqiqada penalti ishlab oldi. Dibala uni aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. Shundan so‘ng, Allegri tarkibda bir qancha o‘zgarishlarni amalga oshirdi, xususan Pyanich va yosh hujumchi Kenni tushirdi. Natijada, «Yuventus» tashabbusni qo‘lga olib, o‘yinda burilish yasadi. 84-daqiqada Ken «Milan» himoyachilari xatosidan foydalanib, gol urishga erishdi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Qayd qilish joizki, endi chempionlikni rasmiylashtirish uchun «Yuventus» qolgan o‘yinlarda 1 ochko olsa kifoya.
Turindagi bahsdan keyin «Milan» sport direktori Leonardo bosh hakam Mikael Fabbrining o‘yindagi ba'zi qarorlaridan norozi ekanini aytdi. Xususan, referi 1-bo‘limda to‘p jarima maydoni ichida Sandroning qo‘liga tekkanida «Yuventus» darvozasiga penalti belgilashdan bosh tortdi. VAR orqali vaziyatni o‘rgangan Fabbri, negadir qoidabuzarlik yo‘q ekanini qayd etdi.
O‘yin oxirida esa Manjukich o‘z jarima maydoni ichida Romanolini ochiqchasiga tepdi. Bu vaziyatda ham referi penalti belgilashi mumkin edi. Ammo negadir VAR tizimidan umuman foydalanmadi.
Natijada, kamida 2ta holatda bosh hakam «Yuventus» foydasiga bahsli qarorlarni qabul qildi.
Fabbrining Turindagi g‘alati qarorlari Italiya sport matbuotining ham diqqat e'tiboridan chetda qolmadi. Bir necha markaziy sport nashrlari, sobiq hakamlar va mutaxassislar Fabbrining qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yganini tan olib, buning sabablarini qizg‘in muhokama qilmoqdalar. Bundan tashqari, Italiya hakamlar uyushmasi (AIA) rahbari Marchello Nikki «Milan» sport direktori Leonardo va bosh murabbiy Jyennaro Gattuzoni maxsus kengashga taklif qilgan. Sky Sport Italia xabariga ko‘ra, mulozim bu tadbirda Fabbrining xatolarini tan olib, «rossoneri» vakillaridan uzr so‘rashi mumkin. Ammo, bu «Milan» uchun hech qanday foyda keltirmasligi aniq, jamoa Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashda muhim ochkolardan mahrum bo‘ldi.
Yuventus – Milan 2:1 (0:1, 2:0)
6 aprel, «Alyans Stedium»
Gollar: 0:1 – 39 Pyontek, 1:1 – 60, penalti Dibala, 2:1 – 84 Ken.
Yuventus – Shchensni, Rugani, Bonuchchi, Aleks Sandro, De Shilo, Bentankur, Jan (Xedira, 25), Bernardeski, Spinatssola (Pyanich, 61), Dibala (Kin, 66), Manjukich.
Milan – Reyna, Kalabriya (Kutrone, 84), Musakko, Romanoli, Rodriges, Kessie, Bakayoko, Chalhano‘g‘li, Suso (Kastilexo, 76), Pyontek, Borini.
Ogohlantirishlar: Bernardeski (41), Musakko (59), Chalhano‘g‘li (77), Manjukich (86).
«NAPOLI» BIR FUTBOLChI KAM BO‘LIB O‘YNAGAN RAQIBNI MAG‘LUB ETOLMADI
Chempionlik poygasida yutqazganini bilib, taqdirga tan bergan «Napoli» o‘z uyida «Jyenoa» bilan o‘ynadi. Bellashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.
Bahsda mezbonlar katta ustunlikka ega bo‘lishdi, biroq yakunda g‘alaba qozona olishmadi. 28-daqiqada mehmonlar hujumchisi Sturaro juda qo‘pol o‘yini uchun maydondan chetlatildi. Shundan so‘ng, «Napoli» hisobni ochdi: Mertens jarima maydoni tashqarisidan kuchli va aniq zarba yo‘llab, chiroyli gol urdi.
Voqealar rivoji «Napoli»ning bu o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozonishi mumkinligiga ishora qilgandek edi. Ammo «Jyenoa» bir o‘yinchi kam bo‘lib qolgach ahillik va irodani namoyish qila oldi. 1-bo‘limning so‘nggi daqiqasida Lazovich gol urib, hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘limda «Napoli» g‘alaba uchun qanchalik harakat qilmasin, raqib himoyasini yorib o‘tolmadi.
Napoli – Jyenoa 1:1 (1:1, 0:0)
7 aprel, «San-Paolo» stadioni
Gollar: 1:0 – 34 Mertens, 1:1 – 45 Lazovich.
Napoli – Karnezis, Xyusay (Una, 87), Maksimovich, Kulibali, Gulyam (Mariu Ruy, 76), Kalexon, Fabian Ruis, Allan (Insine, 67), Zelinski, Mertens, Milik.
Jyenoa – Radu, Pedru Pereyra, Biraski, Gyunter, Krishito, Lazovich, Sturaro, Velozu (Radovanovich, 77), Bessa (Petssella, 82), Pandev (Rolon, 62), Kuame.
Ogohlantirishlar: Allan (24), Xyusay (67).
Chetlatish: Sturaro (28).
«INTeR» VA «ATALANTA» MUROSA KO‘ChASINI TANLADI
Milanda sovrinli o‘rinlar uchun kurashayotgan jamoalar to‘qnash keldi. 3-o‘rinni qo‘lga kiritish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lgan «Inter» Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan «Atalanta»ni qabul qildi. Biroq, muxlislar kutilmaganda nursiz o‘yin guvohi bo‘lishdi.
Jamoalar avvalo o‘z darvozasi daxlsizligi haqida o‘ylab, raqibning xatosini poylash bilan ovora bo‘lishdi. Natijada, o‘yin davomida atigi 2ta xavfli vaziyat yuzaga keldi xolos.
Birinchi bo‘limda «Inter» yarimhimoyachisi Vesino uzoq masofadan kuchli zarba yo‘llaganida, darvozabon Gollini mahorat bilan to‘pni qaytara oldi. Ikkinchi bo‘limda Nainggolan jarima maydoniga yorib kirib, kuchli zarba yo‘llaganida ham Gollini jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.
Durang natija har ikkala jamoani qoniqtirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. «Inter» 4-o‘rindagi ta'qibchisi «Milan»dan 5 ochko ilgarilab ketdi. «Atalanta» esa «rossoneri» bilan tenglashib oldi.
Inter – Atalanta 0:0
7 aprel, «Juzeppe Meatssa (San-Siro)» stadioni
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, Asamoa, Shkrinyar, Miranda, Brozovich (Nainggolan, 23), Vesino, Galyardini (Valero, 66), Perishich, Politano (Keyta Balde, 77), Ikardi.
Atalanta – Gollini, Kastan, Gimshiti, Manchini, Xatebur, Ilichich (Pessina, 82), Froyler, Pashalich (Barrou, 74), de Ron, Gomes, Palomino (Masello, 62).
Ogohlantirishlar: Gollini (2), Manchini (63), Politano (73).
CheMPIONLAR LIGASI YO‘LLANMASI UChUN KURASh QIZMOQDA
Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini beruvchi 4-o‘rin uchun bo‘lgan kurash hamon qizg‘in bo‘lib qolmoqda. Ayni paytda «Milan», «Atalanta», «Roma», «Latsio» va «Torino» klublari nufuzli turnirda ishtirok etish uchun imkoniyatlarni yo‘qotmagan. 4-8 o‘rinni egallab turgan bu jamoalarni atigi 3 ochko ajratib turibdi va har bir turdan so‘ng, vaziyat o‘zgarib ketmoqda.
«Roma» safarda «Sampdoriya» bilan bellashib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 75-daqiqada De Rossi tomonidan urilgan gol rimliklarga 3ta o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyaga yakun yasashga yordam berdi.
«Latsio» o‘z maydonida «Sassuolo» bilan bellashib, muhim ochkolarni yo‘qotdi. 53-daqiqada Immobile penaltidan hisobni ochgan edi. Ammo mehmonlar iroda namoyish qilib, ketma-ket 2ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. 57-daqiqada Rojyerio, 89-daqiqada Berardi «Latsio» darvozasini ishg‘ol qildi. Ammo rimliklar o‘yin yakunida mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarning beshinchisida Lulich jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Bu natija shubhasiz mezbonlarni umuman qoniqtirmadi.
«Torino» safarda «Parma» bilan bellashib, 0:0 hisobida durang o‘ynadi. O‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi va jamoalar bir qancha vaziyatlardan foydalana olishmadi.
31-TUR NATIJALARI
6 aprel
Parma – Torino 0:0
Yuventus – Milan 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 39 Pyontek, 1:1 – 60, penalti Dibala, 2:1 – 84 Ken.
Sampdoriya – Roma 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 75 de Rossi.
7 aprel
Fiorentina – Frozinone 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 84 Chiofani.
Udineze – Empoli 3:2 (3:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 11 Kaputo, 1:1 – 14 de Paul, 1:2 – 24 Krunich, 2:2 – 41, penalti de Paul, 3:2 – 45 Mandragora.
Chetlatish: Zegelar (63, Udineze).
Kalyari – SPAL 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 3 Farago, 1:1 – 18, penalti Antenuchchi, 2:1 – 60 Pavoletti.
Inter – Atalanta 0:0
Latsio – Sassuolo 2:2 (0:0, 2:2)
Gollar: 1:0 – 53, penalti Immobile, 1:1 – 57 Rojyerio, 1:2 – 89 Berardi, 2:2 – 90+5 Lulich.
Napoli – Jyenoa 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 34 Mertens, 1:1 – 45 Lazovich.
Chetlatish: Sturaro (28, Jyenoa).
8 aprel
Bolonya – Kevo
A SeRIYa JADVALI
A SeRIYa TO‘PURARLARI
22 - Kshishtof Pyontek (Jyenoa/Milan, 2 pen)
21 - Fabio Kualyarella (Sampdoriya, 6)
20 - Duvan Sapata (Atalanta, 1)
19 - Krishtianu Ronaldu (Yuventus, 5)
16 - Arkadiush Milik (Napoli)
14 - Franchesko Kaputo (Empoli, 3), Chiro Immobile (Latsio, 4)
32-TUR O‘YINLARI
13 aprel
SPAL - Yuventus
Roma - Udineze
Milan - Latsio
14 aprel
Torino - Kalyari
Sassuolo - Parma
Fiorentina - Bolonya
Sampdoriya - Jyenoa
Kevo - Napoli
Frozinone - Inter
15 aprel
Atalanta - Empoli
KONTe ITALIYa CheMPIONATIGA QAYTIShGA TAYYoR
«Chelsi»ning sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte «Inter» klubida ish boshlashi mumkin. Calciomercato xabariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis «neradzurri»ni boshqarishga rozi bo‘lgan.
«Inter» sport direktori Beppe Marotta aynan Kontening bosh murabbiy qilib tayinlanishini istamoqda. Avvalroq, har ikkalasi ham «Yuventus»da birga ishlagan edi. Ayni paytda «Inter»ni boshqarayotgan murabbiy Luchano Spalletti Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi qo‘lga kiritilmasa, katta ehtimol bilan iste'foga chiqariladi.
KeN — YeVROPA LIGALARINING ENG SAMARALI FUTBOLChISI
«Yuventus» hujumchisi Moyze Ken «Milan» (2:1) klubiga qarshi o‘yinda darvozani ishg‘ol etib, gol urish tezligi bo‘yicha Yevropa ligalari peshqadami bo‘lib oldi.
Opta xabariga ko‘ra, Ken har 47 daqiqada 1 gol urmoqda va bu Yevropada kamida 2ta gol urgan barcha futbolchilar orasidagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Qayd qilish joizki, A Seriyaning joriy mavsumida 19 yoshli futbolchi 5 marta raqib darvozasini ishg‘ol etgan.
RONALDU JAROHATIDAN TIKLANIB OLDI
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jarohatidan to‘liq tiklanib oldi. Bu haqda bosh murabbiy Massimiliano Allegri xabar berdi.
«Ronaldu to‘liq sog‘ayib ketdi va tiklanib oldi. Ishonchim komil, u «Ayaks»ga qarshi o‘yinda maydonga tushadi», - deb Allegri so‘zlarini keltirmoqda Sky Sport.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu mart oyining oxirida Portugaliya terma jamoasi safida sonidan jarohat olgan va Italiya chempionatining bir necha o‘yinlarini o‘tkazib yuborgandi. Chempionlar Ligasi chorakfinalidan o‘rin olgan «Ayaks» - «Yuventus» o‘yini 10 aprel kuni o‘tkaziladi.
«INTeR» FANATLARI HAMON IKARDIGA QARShI
«Inter»ning Curva Nord fanatlar guruhi hujumchisi Mauro Ikardiga qarshi ekanliklari haqida «Atalanta»ga qarshi o‘yindan oldin yana bir bor bayonot berishdi.
Avvalroq, muxlislar argentinalik futbolchini asosiy tarkibda tushirib yuborishni talab qilishgandi.
«Juda muhim o‘yindan oldin, yana bir bor o‘z nuqtai nazarimizni bayon qilamiz. Biz boshqa muxlislarni o‘z qoidalarimizga majburan bo‘ysundirmoqchi emasmiz. Biz muxlislarga «Inter»da kimni qo‘llab-quvvatlash lozimligini ham uqtirmoqchi emasmiz.
Biz Ikardini qo‘llab-quvvatlamaymiz. U klubimizning kelajagi bo‘lolmaydi. U nega «Inter» futbolkasini kiyib yurolmasligini aytib, keyinchalik bu gapiga bahona izlaganida, o‘ziga qabr kavlab bo‘lgan edi», - deb fanatlar bayonotini keltirmoqda Football Italia.
Eslatib o‘tamiz, Ikardi fevral oyida «Inter»ning sardorlik bog‘ichidan mahrum qilindi va 1 oydan ziyod vaqt davomida tarkibga kiritilmadi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Dog‘istonda 300 dan ortiq kishi suvdan zaharlandi
Jahon | 07:41
-
Fuqarolik jamiyati institutlari davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi
O‘zbekiston | 07:34
-
YuNEYDS: Sharqiy Yevropada OITS bilan bog‘liq o‘limlar ko‘paymoqda
Jahon | 07:31
Mavzuga oid

12:15 / 02.07.2025
«Real»da yangi yulduz porlashda davom etmoqda, Ramos uyga qaytdi

12:27 / 19.06.2025
Alonso «Real»da durang bilan boshladi, «Siti»da oson g‘alaba

19:29 / 23.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq”. Italiyada kim chempion, Mbappe “Oltin butsa” oladimi va boshqa intrigalar

12:10 / 05.01.2025