Wi-Fi internet tezligini oshirishning usullari ma'lum qilindi  

Fan-texnika 22:20 / 08.04.2019 33629

Britaniyaning Virgin Media kompaniyasi mutaxassisi simsiz internet Wi-Fi tezligini oshirishning 8 usulini ma'lum qildi. 

Mutaxassisning tavsiyalariga ko‘ra, foydalanuvchilar buning uchun o‘z internet-brauzerlari keshini muntazam tozalab turishlari lozim, chunki bu brauzer tezligini oshirishi mumkin. Bundan tashqari, brauzerning versiyasiga e'tibor qaratish va imkoni boricha, uni yangilab turish lozim. 

Shuningdek, internet tezligiga antivirus dasturi ham ta'sir ko‘rsatadi. Mutaxassisning aytishicha, bu holatda sifatli dasturni tanlash lozim.  

Yana bir usul – fonda ishlovchi dasturlarni to‘xtatish, ular ham internet tezligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

Bundan tashqari, Wi-Fi routerning joylashishiga e'tibor qaratish lozim. Tezlikni oshirish uchun uni iloji boricha yuqoriroqqa yoki u yaxshiroq ishlaydigan xonalarga o‘rnatib ko‘rish mumkin. Bunda routerni oynalar oldiga o‘rnatish yaramaydi – bu holatda xona ichidagi signal kuchi pastroq bo‘ladi. 

Internet tarmog‘i uchun parol o‘rnatishni ham esdan chiqarmaslik lozim. Aks holda boshqa foydalanuvchilar unga hech qanday to‘siqlarsiz ulanib olishlari mumkin, buning natijasida ulanish tezligi pasayib ketadi.

Shuningdek, uyda “qora dog‘lar” deb ataluvchi, ya'ni router signali qalin devorlar yoki ba'zi izolyatsiyalar tomonidan bloklanadigan joylarni hisobga olish va routerni bunday joylarda o‘rnatishdan qochish lozim.  

Ko‘proq yangiliklar: