RPL. "Zenit" safarda "Lokomotiv"ni yenga olmadi

Sport 00:06 / 08.04.2019 4280

Rossiya chempionati 22-turining markaziy o‘yini nihoyasiga yetdi. 

"Lokomotiv" o‘z maydonida "Zenit"ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi. 

54-daqiqada Rakitskiy gol urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 61-daqiqada Driussi o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi va yakuniy hisob durang bo‘lishini ta'minladi. 

22-turdan so‘ng "Zenit" 45 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, "Lokomotiv" 39 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi. 

Lokomotiv – Zenit 1:1

Gollar: 0:1 – 54 Rakitskiy, 1:1 – 61, avtogol Driussi.
Lokomotiv – Gilerme, Rybus (Xevedes, 84), Chorluka, Kverkveliya, Ignatev, Barinov, Kryxovyak, Miranchuk, Kvaratsxeliya (Fernandesh, 46), Miranchuk, Eder (Smolov, 69).
Zenit –    Lunev, Ivanovich, Smolnikov (Anyukov, 46), Rakitskiy, Jirkov, Ozdoyev, Rigoni (Mak, 79), Barrios, Azmun, Dzyuba, Driussi (Ernani, 89).
Ogohlantirishlar: Eder (14), Barinov (39), Rigoni (49), Chorluka (53), Ozdoyev (62), Rybus (79), Miranchuk (82), Barrios (89).

Ufa – Rostov 1:0
Gol: 1:0 – 25 Igboun.

Ural – Yenisey 3:2
Gollar: 0:1 – 21, penalti Yatchenko, 0:2 – 63 Zotov, 1:2 – 72 Dimitrov, 2:2 – 85 Pogrebnyak, 3:2 – 86 Panyukov.

Rubin – Arsenal Tula 0:0

Ko‘proq yangiliklar: