Tajribaning ko‘rsatishicha, smartfonlarning mukammal himoyasi hozircha mavjud emas. Gap shundaki, 3D-printerda bosilgan barmoq izini sensor smartfon egasi barmog‘i deb qabul qilgan.
Foydalanuvchilardan biri shu yo‘l bilan Samsung Galaxy S10+ himoyasini chetlab o‘ta olgan.
U smartfon egasining bokalda qolgan barmoq izini suratga olib, uni fotosuratlar bilan ishlovchi dasturda qayta ishlab, barmoq izining 3D-modelini olgan. Smartfonning sensori uchinchi urinishda ushbu modelni smartfon egasi barmog‘i deb qabul qilib, ekranni blokdan chiqargan. Ushbu jarayonga bor-yo‘g‘i 13 daqiqa ketgan.
Ta'kidlash joizki, bu murakkab jarayon bo‘lsa-da, ammo smartfonlarning mukammal himoyasi hali mavjud emasligini isbotladi. Bu vaziyat Galaxy S10+’ning yuz skanerinikidan biroz yaxshiroq, chunki uni oddiy fotosurat bilan aldashga muvaffaq bo‘lingan.
Samsung Galaxy S10 va S10+ smartfonlarida optik emas, balki ultratovushli barmoq izi skaneri o‘rnatilgan. U hattoki ho‘l, iflos va yopishqoq barmoqni ham taniy oladi, bu esa uni amaliy jihatdan foydaliroq qiladi. Kompaniyaning ta'kidlashicha, ushbu sensor optik sensordan ishonchliroqdir.