Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi neft konlari Rossiya kompaniyasiga beriladigan bo‘ldi

Foto: Pixabay
Rossiyaning «Zarubejneft» kompaniyasi va «O‘zbekneftgaz» O‘zbekiston hududida loyihani amalga oshirishning asosiy shartlari to‘g‘risida bitim imzoladi.
Bitim «Andijonneft»ning Xartum, Sharqiy Xartum va Janubiy Olamishiqda konlarida neft qazib olishni ko‘paytirishga qaratilgan. Loyihani amalga oshirish uchun tomonlar «Andijonpetro» qo‘shma korxonasini tashkil etdi.
«Imzolangan bitim «Zarubejneft» va «O‘zbekneftgaz»ning Farg‘ona vodiysidagi yetakchi konlarda neft qazib olishni ko‘paytirish loyihasini amalga oshirish uchun mart oyida tashkil etilgan «Andijonpetro» qo‘shma korxonasi doirasidagi muvaffaqiyatli hamkorlik bo‘yicha yana bir bosqichdir», - deya xabar berishgan Rossiya kompaniyasidan.
«Andijonneft» 25ta neft va gaz konlarini o‘z ichiga oladi. Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, barcha konlar o‘zlashtirishning so‘nggi bosqichida turibdi, ularda 50-100 yildan beri neft qazib olinadi.
Mavzuga oid

22:19 / 14.07.2025
Andijonda hokim o‘rinbosari, statistika bo‘limi boshlig‘i va sobiq mansabdorlar pora bilan ushlandi

22:27 / 10.07.2025
Buloqboshida yana toshqin xavfi: aholi Janubiy Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘tarilganidan xavotirda

12:15 / 10.07.2025
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi

20:51 / 07.07.2025