Superligada 3-tur yakunlandi. «Buxoro» ilk golini urdi, «Surxon» ikkinchi o‘ringa chiqdi

Sport 21:51 / 07.04.2019 6468

O‘zbekiston Superligasi 3-turi doirasida yana ikki o‘yin o‘tkazildi.

«So‘g‘diyona» mehmoni bo‘lgan «Surxon» 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda Shavkat Salomov dubl qayd etdi, yana bir gol Sherzod Hakimov nomiga yozildi.

Bu g‘alabadan keyin surxonliklar ochkolari sonini 7taga yetkazgan holda turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. «So‘g‘diyona» 3 ochko bilan 10-o‘rinda qoldi.

Yetakchilar qatorida borayotgan «Qizilqum» qo‘shni viloyatning «Buxoro» jamoasi mehmoni bo‘ldi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. O‘yinning 5-daqiqasidayoq «Qizilqum»ning nikaragualik futbolchisi Medina Smit hisobni ochdi, mezbonlar safida Doston Ibragimov 27-daqiqada hisobni tenglashtirdi.

Ibragimovning goli «Buxoro»ning mavsumdagi ilk goli bo‘ldi. Birinchi turda buxoroliklar OKMK bilan safarda 0:0 hisobida durang qayd etgan, ikkinchi turda «Metallurg» maydonidan 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytgandi.

«Qizilqum» esa birinchi turda «Andijon» bilan 1:1 hisobida durang qayd etgan, 2-turda OKMK ustidan 3:1 hisobida g‘alabaga erishgandi. 

Endilikda Hamidjon Aktamov shogirdlari turnir jadvalida 5 ochko to‘plagan holda «Paxtakor» (9 ochko), «Surxon» (7 ochko) va «Lokomotiv» (6 ochko) ortidan to‘rtinchi o‘rinda joylashgan. «Buxoro» 2 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.

Superliga, 3-tur
So‘g‘diyona – Surxon 3:0
Gollar
: Shavkat Salomov (10, 14), Sherzod Hakimov (32).
Surxon: Asilbek Omonov, Abduqahhor Hojiakbarov, Rahmatullo Berdimurodov, Sherzod Karimov (Sarvar Soliyev, 90+2), Shavkat Salomov (Ravshanbek Xursanov), Abror Ismoilov, Vladimir Bubanya, Husniddin G‘ofurov, A'zam Aliyev, Darko Stanoyevich, Sherzod Hakimov (Ayubxon No‘'monov).
So‘g‘diyona: Milan Mitrovich, Iskandar Shoyqulov, Elyor Orifov, Kaxi Maxaradze, Nuriddin Hasanov, Siroj Meliyev, Shoxruz Norxonov (Izzatilla Abdullayev), Doston Toshmatov, Durbek Kamolov, Nikola Milinkovich (Davronbek Umirov), Shahboz Jo‘rabekov.

Buxoro — Qizilqum 1:1
Gollar: 27,  Doston Ibragimov – 5, Medina Smit 
Buxoro: Rahimjon Davronov, Azamat Isroilov, Mirjalol Jumayev, Ivan Nagayev, Salamat Qutiboyev, Asad Sobirjonov, Robbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Akram Bahriddinov (Firdavs Asadov, 63) (Akobir To‘rayev, 87), Artyom Kulesha, Doston Ibragimov (Jamoliddin Ubaydullayev).
Qizilqum: Yevgeniy Cheremisin, Erkin Boydullayev, Alisher Sanoyev (Xurshid Olimov), Fayzullo Qambarov, Salim Mustafoyev, Eldor Boymatov, Mirjalol Qosimov, Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Elguja Grigalashvili (Murod Bobojonov, 89), Medina Smit.

Ko‘proq yangiliklar: