Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi bo‘yicha prognozni oshirdi

Foto: Jahon banki
Jahon bankining O‘zbekiston YaIM o‘sishi bo‘yicha prognozi 2019 yilda 5,1%dan 5,3%gacha o‘sdi. Bu haqda tashkilot hisobotida aytiladi.
Jahon banki bozor islohotlari turizm, oziq-ovqat, kimyo va to‘qimachilik sanoati kabi iqtisodiyot sektorlari liberallashuviga olib kelishini kutmoqda.
Inflatsiya bosimi keyingi ikki yil ichida saqlanib qoladi, biroq oqibatlari faqatgina 2021 yilga kelib namoyon bo‘lishi kutilmoqda. Shunga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi 5,5% darajasida, 2021 yilda esa 6% darajasida bo‘lishi kutilmoqda (bu yillar bo‘yicha prognoz o‘zgarmadi).
Jahon banki prognoziga qaraganda, hukumat iqtisodiyotni kreditlashni cheklaydi - bu mamlakatda moliyaviy intizomni qo‘llab-quvvatlaydi. Aholi holatida esa barqaror iqtisodiy o‘sish va chet eldan pul jo‘natmalari ijobiy rol o‘ynashi kerak.
Shu bilan birga, JB fikriga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotida davlat ishtiroki hamon yuqori darajada saqlanib turibdi. Bu, mamlakat Rossiyadagi vaziyatga kuchli bog‘langani bilan birga (shu davlatdan valuta asosiy oqimi kelyapti), mamlakatdagi holatga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin, deya hisoblaydi tashkilot.
Bozor islohotlarining keyingi bosqichi moliya, qishloq xo‘jaligi va yerlarni xususiylashtirish kabi sektorlarda murakkab masalalarni hal qilishga qaratilgan.
Ushbu o‘zgarishlar iqtisodiy islohotlar uchun juda muhim va barqaror o‘sish hamda ish o‘rinlarini yaratishga olib keladi. Shuningdek, ular jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy xatarlarga ega bo‘lib, ularni diqqat bilan hisobga olish, nazorat qilish va boshqarish kerak, deyiladi hisobotda.
Bundan oldin, OTB O‘zbekistonda kelgusi ikki yilda iqtisodiy vaziyat qanday bo‘lishi haqida prognoz bergandi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi
Jahon | 08:17
-
Buxoro viloyatida sayyohlik halqasi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 07:54
-
Dog‘istonda 300 dan ortiq kishi suvdan zaharlandi
Jahon | 07:41
Mavzuga oid

15:49 / 07.07.2025
Bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi

15:47 / 07.07.2025
Yarim yillik yakunlari: O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,7-6,8 foiz o‘sishi kutilmoqda

20:14 / 03.07.2025
Qirg‘iziston aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqdi. Nimaning hisobiga?

09:34 / 28.06.2025