Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i o‘zining o‘n uchinchi tavallud kunini nishonlamoqda

Fan-texnika 15:00 / 04.04.2019 2941

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i 13 yildan buyon o‘z foydalanuvchilariga muloqot qilish, sovg‘alar yuborish imkoniyatini hadya etib kelmoqda va foydalanuvchilarni o‘zining yangi xizmatlari bilan hayratda qoldirmoqda. Dastavval sinfdoshlar va yoshlikdagi do‘stlarni izlash uchun mo‘ljallangan vosita sifatida yaratilgan Runetning birinchi ijtimoiy tarmog‘i allaqachon ko‘ngilocharliklar, muloqot va videoni tomosha qilish media-maydonchasiga aylangan.

OK foydalanuvchilari o‘zaro hissiyotlar bilan ulashishni – sovg‘alar hadya etishni, baholar va “klass”lar qo‘yishni, o‘yinlar o‘ynashni hamda video tomosha qilishni xush ko‘radilar. Shu munosabat bilan Odnoklassniki o‘z tavallud kunida foydalanuvchilarga har kuni vaqtichog‘lik baxsh etuvchi o‘zining jo‘shqin xizmatlari to‘g‘risida eng qiziqarli faktlarni aytib beradi.

Avatarga sovg‘acha – foydalanuvchilarning OKda o‘z hissiyotlarini ifoda etishning eng sevimli usulidir: har kuni o‘n millionlab foydalanuvchilar sovg‘alar hadya etadi. 7 va 8 mart kuni jahon bo‘ylab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari rekordga oid yarim milliard miqdorda sovg‘alar yubordi. O‘zbekiston haqida gap ketganda esa, o‘zbekistonliklar oyiga 5 milliondan ortiq miqdorda sovg‘achalar hadya etadilar.

Bunda foydalanuvchilar o‘zlari virtual sovg‘alarning o‘z versiyalarini yaratadilar – oyiga 875 mingdan ortiq sovg‘alar foydalanuvchilarning original fotosuratlari va kreativ yozuvlari bilan birga yuklanadi.

Odnoklassniki – ijobiy ijtimoiy tarmoq bo‘lib, bu fotosuratlarga qo‘yiladigan baholar bilan ham tasdiqlanadi. Fotosuratlarga “Besh” baholari 88 foiz holatlarda qo‘yiladi, eng ko‘p baholar soniga ega foydalanuvchi esa milliondan ortiq “5” baholarini olgan. Bir fotosuratga bir oyda o‘rtacha 12 ta baho qo‘yiladi.

Ijtimoiy tarmoq jahonning qariyb barcha mamlakatlarida taqdim etilgan. Ayrim davlatlarda OK auditoriya soni bo‘yicha yetakchi o‘rin egallaydi, biroq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hattoki kutilmagan joylarda ham mavjud. Shu tariqa, Malta, Lyuksemburg, Shri-Lanka va hattoki Tinch okeanidagi Nauru orolidagi foydalanuvchilar ham Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘idan muntazam ravishda foydalanadilar.

Odnoklassniki jahonning 14 ta tiliga tarjima qilingan bo‘lib, ko‘p hollarda rus tilidan so‘ng, OK interfeysi o‘zbek, ukrain, ozarbayjon, ingliz va gruzin tillariga o‘giriladi.

Ko‘proq yangiliklar: