Ikrom Aliboyevning goli yarimfinalga chiqdi – unga ovoz bering

Foto: The AFC
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi saytida Chempionlar Ligasi tarixidagi eng chiroyli golni aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
Chorakfinalda «Guanchjou Evergrand» yarimhimoyachisi Paulino va «Lokomotiv» yarimhimoyachisi Ikrom Aliboyevning gollari to‘qnash kelgan edi. Unda hamyurtimiz eng ko‘p ovoz to‘plab, yarimfinalga yo‘l oldi.
Endi Aliboyevning goli finalga chiqish uchun «Al-Ittihod» yarimhimoyachisi Saud Kaririyning 2010 yilda «Al-Vahda» darvozasiga urgan goli bilan bellashadi.
Muxlislar ushbu havola orqali hamyurtimizning «Al-Vahda» darvozasiga maydon markazidan urgan goli uchun ovoz berishlari mumkin.
Mavzuga oid

12:17 / 27.12.2022
«Paxtakor» Ikrom Aliboyevni Janubiy Koreya klubiga transfer qildi

17:17 / 15.11.2021
Katanetsning avvalgi murabbiylardan farqi, yarim million dollarlik transferi va Koreyadagi faoliyati haqida – Ikrom Aliboyev bilan intervyu

16:42 / 29.03.2021
Ikrom Aliboyev Koreyaning boshqa klubiga o‘tdi

15:23 / 07.04.2019