Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tamara Xonimning 113 yilligi nishonlandi

O‘zbek raqs san'atining beqiyos ustasi bo‘lgan Tamara Xonim hamon hayotdek, oramizda yashab kelayotgandek. Chunki uning takrori yo‘q san'ati har bir yurtdoshimiz qalbidan mustahkam joy egallagan.
Tamara Xonim 1906 yil 29 martida Artyom Sergeyevich Petrosyan va Anna Nikolayevna Anibekova oilasida dunyoga keladi. Boshqa millat vakili bo‘lsada, Tamara Xonim butun umr o‘zbeklar bilan bir jonu-bir tan bo‘lib yashadi, shu millat san'atini chuqur egalladi.
U 1921 yilda Mulla To‘ychi Toshmuhamedov tavsiyasiga ko‘ra «Sharofatxon» taxallusi bilan chiqishlar qiladi. 1924 yilda Moskva teatri artistlari tomonidan tashkillashtirilgan «Sharq oqshomi» dasturlarida birinchi marta «Tamara Xonim» nomi bilan sahnaga chiqadi.
1935 yilda Londonda bo‘lib o‘tgan Xalq raqslari bo‘yicha dunyo festivalida ustozi Usta Olim Komilov bilan birga Oltin medalga sazovor bo‘ladi.
Chet elliklar bu ajoyib ayol qaysi millat vakilasi ekanligini tushuna olishmagan. Kelib chiqishi arman, o‘zi esa o‘zbek mahallada katta bo‘lgan Tamara Xonim har bir chet el safaridan uyiga yangi raqs olib kelarkan, unga batamom sho‘ng‘ib ketardi. Uning ijodiy g‘alayonida 86 xalq raqsi jamlandi. Tamara nafaqat raqsi, balki turli xalqlarga xos o‘zgacha qadam tashlashlari, yuz imo-ishoralari, tana harakatlari bilan ajralib turardi. Raqs liboslari, grim va u ijro etgan raqs shu darajada o‘zgarar ediki, bu ajoyib ayolni ko‘rgan har bir xalq uni o‘z vatandoshi deb o‘ylardi.
2019 yilning 30 martida prezidentning bevosita tashabbusiga asosan, «Tamara Xonim» uy-muzeyining 2019 yilgi rejasiga muvofiq san'atkorning 113 yilligi keng nishonlandi. Unda nafaqat O‘zbekiston san'ati arboblari, balki xorijdan tashrif buyurgan ko‘plab mehmonlar ham ishtirok etishdi. O‘zbekiston Xalq artisti Mansur Toshmatov, O‘zbekiston xalq artisti Viloyat Oqilova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Dilorom Omonullayeva, Tamara Xonimning Ozarboyjondan ataylab tashrif buyurgan nabirasi Qorako‘z xonimlar shular jumlasidandir.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos
Jahon | 09:02
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
Mavzuga oid

22:29 / 12.09.2024
Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanadi

10:01 / 11.09.2023
Fanlar akademiyasining 80 yilligi yubileyi o‘tkaziladi

10:32 / 11.03.2020
Madaniyat va adabiyot rivojiga munosib hissa qo‘shgan atoqli shaxslarning yubileylari keng nishonlanadi

18:46 / 10.11.2018