Xitoy iqtisodiyoti o‘sishi mahalliy kompaniyalarning misli ko‘rilmagan darajada qarzdorligidan kelib chiqadi, deyiladi China Beige Book tadqiqot kompaniyasi hisobotida. Undan ba'zi bir qismlar CNBC tomonidan keltirildi.
Mualliflar Xitoyning yutuqlarini «qog‘ozda chizilgan», deb atab, ular faqat biznesning ortib borayotgan qarz yukida ushlab turilganini ko‘rsatishmoqda. Bu bilan esa hukumat so‘nggi vaqtlarda, aksincha, kurashishga harakat qilgan. Shu bilan birga, kompaniyalar uchun qarz mablag‘lari qiymati to‘xtovsiz ravishda o‘sib bormoqda - 2019-moliyaviy yilining birinchi choragida (2018 yil oktyabrdan dekabrgacha) u bir foiz punktidan oshdi va hozirda o‘rtacha 6,9 foizni tashkil etmoqda.
Ko‘pgina kompaniyalar bank bo‘lmagan tashkilotlar, jumladan, yashirin sektorda ishlaydigan korxonalardan qarz olishni afzal ko‘ryapti. Bu kichik miqdor va ishonchsiz moliyaviy ko‘rsatkichlar tufayli odatiy bank kreditini olish qiyinligi bilan bog‘liq. Hattoki, Xitoy Xalq banki tomonidan yangi mexanizm joriy etilishi - kichik biznesni manzilli kreditlash ham vaziyatni o‘zgartirmadi. Bundan tashqari, mamlakatning yirik davlat banklari kichik korxonalarni ko‘proq kreditlash haqida hukumatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri topshiriq olgan.
Hozirgi vaqtda xususiy sektorning qarz yuki 2013 yildan beri eng yuqori darajada turibdi. O‘tgan yili hukumat vaziyatni soliqlarni kamaytirish hisobidan to‘g‘irlashga qaror qildi. Bu esa, yangi yilning birinchi moliyaviy choragida Xitoy iqtisodiyoti AQSh bilan savdo urushi fonida o‘tgan yilgi pasayishdan so‘ng «ishonchli tiklanish»ni ko‘rsatishiga olib keldi. Biroq, endi ekspertlar bu natijalarga shubha bilan qaramoqda.
Bundan oldin, Rossiyaning iqtisodiy o‘sishi uydirma ekani ma'lum bo‘lgandi.