O‘zbekiston Rossiyadan VEF-2019’da ishtirok etish taklifini kutib qoladi – bosh konsul

O‘zbekiston 08:20 / 26.03.2019 6371

O‘zbekiston Rossiyadan Sharqiy iqtisodiy forum – VEF-2019’da ishtirok etish uchun taklifni kutib qoladi. Bu haqda O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsulligi rahbari Rustam Ismoilov “RIA Novosti” axborot agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

1 mart kuni Vladivostokda O‘zbekistonning Uzoq Sharqdagi birinchi bosh konsulligi ochildi. U Moskva, Novosibirsk, Sankt-Peterburg va Yekaterinburgdagi diplomatik vakolatxonalar qatorida O‘zbekistonning Rossiyadagi beshinchi vakolatxonasi bo‘ldi. O‘zbekiston joriy yilda, shuningdek, Qozon va Rostov-Donda ham bosh konsulliklar ochishi kutilmoqda. 

“Bu [O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki] qabul qiluvchi tomon, ya'ni Rossiyaga bog‘liqdir. Biz taklifni kutib qolamiz. Odatda taklif bildirilganda ular kimni, qanday sonda, qanday tarkibda ko‘rishni istashlari ma'lum qilinadi”, deb aytgan Ismoilov.  

Beshinchi Sharqiy iqtisodiy forum 4-6 sentabr kunlari Vladivostokda bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: