Meksika Ispaniyadan hindularning yo‘q qilinishi uchun uzr so‘rashni talab qildi

Jahon 08:00 / 26.03.2019 9693

Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador Ispaniya qiroli Felipe VI’ga Amerika qit'asi zabt etilishi vaqtida uning tub aholisi yo‘q qilingani uchun uzr so‘rash talabi bilan maktub yo‘lladi. 

Lopes Obrador Tabaskoda konkistador Ernan Kortesning mayya-chontalya hindulari bilan jangining 500 yilligi munosabati bilan bu shtatdagi Komalkalko degan joydagi ehromga tashrif buyurib, u yerda videomurojaat yozgan.

“Bu bostirib kirish bo‘lgan, ko‘plab adolatsizliklar sodir etilgan, hozir biz Amerika deb biladigan joyda yashagan xalqlar bo‘ysundirilgan. Men Ispaniya qiroliga va Rim papasiga hozirda inson huquqlari buzilishi sifatida ma'lum bo‘lgan qoidabuzarliklar uchun tub aholidan uzr so‘ralishi haqida maktub jo‘natdim. Qotilliklar bo‘lgan, xalqlarga tazyiq o‘tkazilgan, cherkovlar esa hindular ibodatxonalari ustidan joylashtirilgan”, deb aytgan Lopes Obrador.  

Meksika prezidenti ham ushbu voqealar uchun uzr so‘ramoqchi. “Chunki mustamlakachilik davridan keyin ham yaki, mayya tub aholisiga qarshi ko‘plab qatag‘onlar sodir etilgan va hattoki Meksika inqilobi vaqtida xitoyliklar qirilishi yuz bergan. Biz kechirim so‘rashimiz lozim”, deb aytgan Meksika prezidenti.   

Lopes Obradorning aytishicha, 2021 yilda Meksika mustaqilligining 200 yilligi, atsteklar poytaxti Tenochtitlan (hozirgi Mexiko) qulashining 500 yilligi va uning tashkil etilganining 700 yilligi kabi bir nechta muhim sana nishonlanadi. “Bu yarashuv yili bo‘lishi lozim”, deb qo‘shimcha qilgan Lopes Obrador.

Ko‘proq yangiliklar: