Yevro-2020 saralashi. Germaniya safarda Niderlandiyani yengdi, Xorvatiyada mag‘lubiyat va boshqa natijalar

Sport 08:37 / 25.03.2019 7580

Yevropada qit'a chempionatiga saralashning ikkinchi turiga start berildi.

Kunning markaziy o‘yini «Amsterdam Arena»da Niderlandiya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasida kechdi. Birinchi bo‘limda Sane va Gnabrining gollari nemislarning 2:0 hisobida oldinga chiqib olishini ta'minlangandi, ammo tanaffusdan maydon egalari de Ligt va Depayning gollari evaziga muvozanatni tiklashdi. Shunday bo‘lsa-da, 90-daqiqada Marko Roysning pasidan keyin Niko Shuls darvozani ishg‘ol etib, Germaniya terma jamoasiga saralashdagi ilk ochkolarni keltirdi.

«S» guruhining ikkinchi juftligida Shimoliy Irlandiya Belarusni yengib (2:1), 6 ochko bilan guruh peshqadamiga aylanib oldi. Birinchi turda irlandlar Estoniyani (2:0), hollandlar esa Belarusni (4:0) mag‘lub etishgandi.

Boshqa guruhlarda Xorvatiya Vengriyadan, Avstriya Isroildan mag‘lubiyat bilan qaytdi. Polsha va Belgiya terma jamoalari mos ravishda Latviya va Kiprni 2:0 hisobida yengib, 6 ochko bilan o‘z guruhlarida yetakchiga aylandilar.

Yevro-2020 saralashi. 2-tur
«C» guruhi
Niderlandiya – Germaniya 2:3 (0:2, 2:1)
Gollar: 0:1 – 15 Sane, 0:2 – 34 Gnabri, 1:2 – 48 de Ligt, 2:2 – 63 Depay, 2:3 – 90 Shuls.
Gollandiya – Sillessen, Blind, Dumfris, van Deyk, de Ligt, Depay, de Yong, Promes, Veynaldum, Babel (Bergveyn, 46), de Ron (de Yong, 90)
Germaniya – Noyyer, Kerer, Kimmix, Zyule, Shuls, Sane, Kroos, Ginter, Gnabri (Roys, 88), Ryudiger, Goretska (Gyundogan, 70).

Shimoliy Irlandiya – Belarus 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 30 Evans, 1:1 – 33 Stasevich, 2:1 – 87 Majyennis.

«E» guruhi
Uels – Slovakiya 1:0 (1:0, 0:0)

Gol: 1:0 – 5 Jyeyms.

Vengriya – Xorvatiya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 13 Rebich, 1:1 – 34 Salai, 2:1 – 76 Patkai.
Xorvatiya – Kalinich, Barishich (Leovats, 30), Yedvay (Petkovich, 77), Lovren, Vida, Modrich, Perishich, Brozovich, Rakitich, Rebich (Brekalo, 67), Kramarich.

«G» guruhi
Isroil – Avstriya 4:2 (2:1, 2:1)

Gollar: 0:1 – 8 Arnautovich, 1:1 – 34 Zaxavi, 2:1 – 45 Zaxavi, 3:1 – 55 Zaxavi, 4:1 – 66 Dabur, 4:2 – 75 Arnautovich.

Sloveniya – Makedoniya 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 34 Zayts, 1:1 – 47 Bardi.

Polsha – Latviya 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 76 Levandovski, 2:0 – 84 Glik.
Polsha – Shchensny, Pazdan, Kendzera, Glik, Retsa, Kryxovyak, Zelinski, Klix (Blashchikovski, 62), Grositski (Frankovski, 83), Piontek (Milik, 87), Levandovski.

«I» guruhi
Qozog‘iston – Rossiya 0:4 (0:2, 0:2)
Gollar: 0:1 – 19 Cheryshev, 0:2 – 45 Cheryshev, 0:3 – 52 Dzyuba, 0:4 – 62, avtogol Beysebekov.
Rossiya – Gilerme, Kudryashov, Fernandes, Semenov, Djikiya, Cheryshev, Gazinskiy, Ionov (Ignatev, 61), Axmetov (Al. Miranchuk, 72), Ozdoyev, Dzyuba (Chalov, 82).

San-Marino – Shotlandiya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 4 Maklin, 0:2 – 74 Rassell.

Kipr – Belgiya 0:2 (0:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 10 Azar, 0:2 – 18 Batshuayi.
Belgiya – Kurtua, Vertongen, Alderveyreld, Vermalen, Kastan, Dendonker, Tilemans, Azar (Ferreyra Karrasko, 68), Azar, Mertens (Yanuzay, 57), Batshuayi (Prat, 89).

25 mart
«A» guruhi

Kosovo – Bolgariya
Qoratog‘ – Angliya (00:45)

«B» guruhi
Lyuksemburg – Ukraina
Portugaliya – Serbiya (00:45)

«H» guruhi
Turkiya – Moldaviya
Andorra – Albaniya
Fransiya – Islandiya (00:45)

26 mart
«D» guruhi

Irlandiya – Gruziya
Shveytsariya – Daniya

«F» guruhi
Malta – Ispaniya (00:45)
Norvegiya – Shvetsiya
Ruminiya – Farer orollari

«J» guruhi
Armaniston – Finlyandiya
Bosniya va Gersegovina – Gretsiya
Italiya – Lixtenshteyn (00:45)

Ko‘proq yangiliklar: