Yaltada O‘zbekistonning 10 nafar fuqarosi zaharlandi

O‘zbekiston 10:54 / 25.03.2019 12890

Yaltada tug‘ilgan kunni nishonlash vaqtida zaharlangan O‘zbekistonning 10 nafar fuqarosi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda shahar ma'muriyati rahbari Aleksey Chelpanov xabar bergan.

«Zori Rossii» sanatoriyasi yaqinida obekt qurilishi bilan shug‘ullangan O‘zbekiston fuqarolari tug‘ilgan kunni nishonlashgan va tez ayniydigan mahsulotlarni iste'mol qilishgan. 10 nafar kishi zaharlandi. Bu maishiy holat bo‘lib, tizimli xarakterga ega emas», - dedi Yalta merining so‘zlarini keltirgan RIA Qrim.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, zaharlangan shaxslar sanatoriy ishchilari emas. «Zori Rossii» qishki davrda sanatoriya ta'minotini saqlab turishga urinmoqda, shuning uchun boshqa obektlar qurilishida ishlovchi O‘zbekistonning 600 nafar fuqarosiga xonalar taqdim etdi», - deya xulosa qilgan Aleksey Chelpanov. 

Zaharlangan shaxslar Yaltadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib ketildi. 

Ko‘proq yangiliklar: