Xitoy-O‘zbekiston o‘yinidan fotosuratlar

Sport 17:38 / 25.03.2019 12283

O‘zbekiston milliy jamoasi Nanning shahrida Xitoyga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Uchrashuvda yagona golga Eldor Shomurodov mualliflik qildi.

Qayd etish kerak, 23 yoshli hujumchi milliy jamoadagi oxirgi oltita o‘yinida beshta gol muallifi bo‘ldi. U yanvar oyida BAAda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogidagi to‘rtta uchrashuvda to‘rtta gol muallifi bo‘lgandi. Eldor qit'a birinchiligidagi Ummonga qarshi kechgan ilk o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan bo‘lsa, shundan keyingi beshta uchrashuvda asosiy tarkibdan joy olmoqda.

O‘FA matbuot xizmati Xitoy bilan uchrashuv fotosuratlarini taqdim etdi.

Image

Ko‘proq yangiliklar: