Tramp saylovoldi shtabining Rossiya bilan til biriktirgani haqidagi ayblovlar tasdiqlanmadi

Jahon 14:51 / 25.03.2019 7440

AQSh bosh prokurori Uilyam Barr kongressga Donald Tramp saylovoldi shtabining Rossiya bilan ehtimoliy aloqalari bo‘yicha surishtiruv olib borgan maxsus prokuror Robert Myullerning hisobotini taqdim etdi.  

Robert Myuller
Foto: AP Photo/J. Scott Applewhite

«Surishtiruv Tramp kampaniyasi ishtirokchilari yoki u bilan aloqador shaxslarning 2016 yilgi AQSh prezidenti saylovlariga ta'sir ko‘rsatish uchun Rossiya bilan til biriktirgani yoki aloqa qilganini aniqlamadi», — dedi Barr kongressmenlarga.

Hujjatda aytilishicha, AQSh maxsus prokurori Rossiyaning saylovlarga aralashuvi holatlarini aniqlagan. Gap Internet-tadqiqotlar agentligi («trollar fabrikasi») haqida bormoqda. Myullerning hisoblashicha, agentlik saylovlar natijasiga ta'sir ko‘rsatish uchun ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on ma'lumotlar tarqatgan. Ammo agentlik va Trampning saylovoldi kampaniyasi o‘rtasida aloqa borligi aniqlanmagan. 

Shu bilan birga Myuller Xillari Klintonning elektron pochtasi Rossiya bilan aloqador xakerlar tomonidan buzilgan degan xulosaga kelgan. Biroq maxsus prokuror ular va Tramp jamoasi o‘rtasida bog‘liqlik topmagan.

AQShda Trampning 2016 yilgi prezident saylovlarida Rossiya bilan hamkorlik qilgani haqida ayblovlar yangragan, Rossiya prezident saylovlariga ta'sir ko‘rsatishda ayblangan. Ammo Tramp ham, Kreml ham bu ayblovlarni rad etgan.

Ko‘proq yangiliklar: