Shokolad qutisiga yashirilgan «Opiy» fosh etildi

Jamiyat 12:50 / 25.03.2019 7204

Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida Toshkent halqaro aeroporti orqali yurtimizga narkotik moddalarni olib kirishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi.

Xorijdan Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqaro Z.Q. (ism shariflari o‘zgartirilgan) «yashil» yo‘lakdan harakatlanish chog‘ida to‘xtatilib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida bojxona nazoratdan o‘tkazildi.

Natijada, uning yuklari orasida 34 dona rangsiz paketchalarga qadoqlangan holda  shokolad qutisiga solingan, to‘q jigarrangli, o‘ziga xos o‘tkir hidga ega, shubhali moddalar borligi aniqlandi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu  fuqarodan ashyoviy dalil sifatida olingan moddalar vazni 200,75 grammni tashkil etuvchi opiy giyohvandlik vositasiligini tasdiqladi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: