O‘zbekiston milliy jamoasi bugun «China Cup»da mezbon Xitoyga qarshi maydonga tushadi

Sport 09:21 / 25.03.2019 12387

Bugun Xitoyda «China Sup-2019» musobaqasi o‘z yakuniga yetadi. 3-o‘rin uchun bahsda O‘zbekiston milliy jamoasi Xitoyga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv «Guangxi Spors Center» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 12:30da boshlanadi. Soat 16:35dan esa Urugvay va Tailand milliy jamoalari final o‘yinida maydonga chiqishadi.

O‘FA matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, kecha Ektor Kuper boshchiligidagi jamoaning o‘yinoldi mashg‘ulotlariga mahalliy futbol maktabi tarbiyalanuvchilari kelishgan

«O‘FA nomidan ularga turli esdalik sovg‘alari taqdim qilindi. Shuningdek, bolajonlar futbolchilarimizdan dastxat olib, ular bilan birgalikda suratga tushishdi.

Mashg‘ulotlar ancha quvnoq kayfiyatda o‘tganini ta'kidlash zarur. Terma jamoa futbolchilari turli qiziqarli mashqlarni bajarish orqali jamoaviy ruhni kuchaytirishga, tezkorlik va chaqqonlikni oshirishga intilishdi», – deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: