O‘zbekiston delegatsiyasi «Atomekspo 2019» xalqaro forumida ishtirok etadi

Jahon 20:29 / 25.03.2019 2030

O‘zbekiston delegatsiyasi 15-16 aprel kunlari Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tadigan XI «Atomekspo 2019» xalqaro forumida ishtirok etadi.

Delegatsiya tarkibidan «O‘zatom» agentligi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi, O‘zbekiston Davlat sanoat xavfsizligi qo‘mitasi, Energetika vazirligi vakillari o‘rin olgan.

«Atomekspo» xalqaro forumi doirasida ixtisoslashgan ko‘rgazma, kongress, davra stoli, «V2V» shaklidagi biznes-uchrashuvlar va maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 19 iyulda imzolangan «O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energetikasini rivojlantirish agentligi tashkil etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: