Otabek Shukurov Xitoyga qarshi o‘yinda jiddiy jarohat oldi

Sport 18:10 / 25.03.2019 8883

O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Otabek Shukurov «China Cup» xalqaro turniri doirasidagi Xitoyga qarshi o‘yinda (1:0) jarohat oldi.

37-daqiqada mezbonlar hujumchisi Vei Shixao o‘zbekistonlik futbolchi ortidan zarba berdi, natijada bir necha daqiqa davomida maydonda unga tibbiy yordam ko‘rsatishga to‘g‘ri keldi. 40-daqiqaga kelib uning o‘rniga Odil Ahmedov maydonga tushdi.

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ma'lum qilishicha, Shukurovning jarohati jiddiy. Milliy jamoa shifokorlari bu futbolchi kamida ikki oyga safdan chiqqanini bildirishgan.

22 yoshli havbek uch kun oldin musobaqa yarim finalidagi Urugvayga qarshi bahsda (0:3) ham ishtirok etgan edi.

Otabek Shukurov «Al-Sharja» klubi tarkibida joriy mavsumda BAA chempionatining 17 o‘yinida maydonga tushgan va ikkita gol muallifi bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: