NATO 1999 yilda Yugoslaviya nega bombardimon qilinganini izohladi

Jahon 11:40 / 25.03.2019 26189

1999 yilda Yugoslaviya bombardimon qilingan, NATOning «Ittifoq kuchi» amaliyoti Kosovodagi harbiy harakatlarni to‘xtatish maqsadida boshlangan. Bu haqda alyans matbuot xizmatidan ma'lum qilindi, deya xabar beradi TASS.

Tashkilotdan ta'kidlashlaricha, qaror BMT va xalqaro muloqot guruhining inqirozga tinch yechim topish bo‘yicha muvaffaqiyatsiz urinishlaridan so‘ng qabul qilingan. «NATO kuchidan foydalanish zarur va qonuniy edi», - deyiladi xabarda.

Agentlik suhbatdoshi so‘zlariga ko‘ra, o‘tkazilgan amaliyot «erishishga harakat qilgan narsalarga erishdi». «Ushbu kampaniya NATO mamlakatlarining inqiroz vaqtida harakat qilish va birdam bo‘lish qobiliyatini namoyish etdi. Bugungi kunga qadar birdamlik bizning eng katta kuchimiz bo‘lib qolmoqda», - deya ma'lum qilishgan matbuot xizmatidan.

1999 yil 24 martdan 9 iyunga qadar Yugoslaviya Ittifoq Respublikasi (YuIR) tarkibiga kirgan Serbiya va Chernogoriya NATO tomonidan bombardimon qilindi. «Ittifoq kuchi» amaliyotining sababi - Kosovodagi etnik tozalashlar.

Ko‘proq yangiliklar: