Meksikadan AQSh tomon yangi muhojirlar karvoni yo‘nala boshladi

Jahon 07:44 / 25.03.2019 7851

Markaziy Amerika davlatlari fuqarolaridan tashkil topgan yangi muhojilar karvoni Meksikaning Gvatemala bilan chegarasidan AQSh tomon yo‘nala boshladi.

Noticias24 portalining xabar berishicha, karvonda jami 1,2 mingga yaqin odam bor. Ular butun Meksika bo‘ylab AQSh tomon yo‘l olish uchun Meksikaning chegaradagi Tapachula shahrida 2 oycha bo‘lishgan. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, muhojirlar orasida Kuba fuqarolari ham bor.

Oxirgi muhojirlar karvoni AQSh tomon yanvarda yo‘l olgandi. Umuman olganda muhojirlar karvonlari AQSh tomon 2018 yil kuzida harakatlana boshlagan. Natijada Meksikaning AQSh bilan chegarasida Markaziy Amerikadan bir necha ming muhojir to‘plangan. AQSh hukumati xavfsizlikni ta'minlash uchun u yerga bir necha ming harbiyni tashlagan.

Ko‘proq yangiliklar: