Marketing va biznes: qadrdonlarmi yoki zo‘raki sheriklar?

Jamiyat 11:30 / 25.03.2019 2028

8 aprelda Toshkentda har yilgi ADWEEK marketing va reklama haftaligi boshlanadi. Haftalik tadbirlari mobaynida marketing va reklama to‘g‘risida ko‘plab munozaralar va taqdimotlar o‘tkaziladi. Ushbu keng miqyosdagi tarmoq hodisasi arafasida tashkilotchilar www.adweek.uz saytiga kirganlarning eng ommaviy savollariga javob berishadi.

Nega ADWEEK haftaligi davomida bir vaqtda ikkita: marketing va reklama bo‘yicha konferensiya o‘tkaziladi?

Ko‘pchilikka ma'lumki, reklama – bu marketingning uzviy qismi bo‘lib, ularni ajratish doimo bahslarga sabab bo‘lgan. Ammo istalgan korxonaning marketing masalalarini fundamental darajada hal qiladiganlar tushunishadi: reklama bilan shug‘ullanishdan oldin bozorni o‘rganish, kompaniya imkoniyatlarini aniqlash va rivojlanish strategiyasini to‘g‘ri tanlash bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Reklama korxona marketing strategiyasini tatbiq etishning bir qismigina, xolos (u ham har doim emas). Lekin, shu bilan birga, saviyali reklama kampaniyasi bozorda muvaffaqiyatli o‘rin egallashning va sotuvlar jarayonining yadrosiga aylana olganiga ko‘pgina misollar mavjud.

Shu sababli marketing konferensiyasining dasturi ko‘proq biznesni, uning rivojlanish strategiyasini va brendning bozorda optimal o‘rin egallashi imkoniyatlarini o‘rganish masalalarini qamrab oladi. Reklama konferensiyasi esa, ushbu biznes-vazifalarni hisobga olgan holda, eng samarali kreativ yechimlarni yaratish masalalarini batafsil ko‘rib chiqadi. Zamonaviy dunyo konferensiya o‘tkazish tajribasi ham shunday taqsimlanish yo‘lini tutadi.

Nega bu yil ADWEEK konferensiyalarida qatnashish pulli?

Bepul va pulli konferensiyalar o‘rtasidagi farqqa batafsil to‘xtaladigan bo‘lsak, u asosan tashkilotchilar ko‘zlagan maqsadlarda ko‘rinadi. ADWEEK konferensiyalari tashkilotchilari uchun pullik ishtirok shakliga o‘tilishi ham dasturning o‘zi, ham konferensiya auditoriyasi shakllanishining yangi bosqichi bo‘ldi. Taklif etilayotgan kontent sifatini oshirish va xalqaro miqyosdagi ekspertlarni ma'ruzachi sifatida taklif etish vazifasini o‘z oldiga qo‘ygach, tashkilotchilar qarshisida yuksak motivatsiyalangan, olinadigan axborot va amaliy bilimlarning qadrini his etadigan auditoriya shakllanishi masalasi yuzaga keldi. Bunda konferensiyaga kirish narxi ramziy ko‘rinishda bo‘lib, marketing, reklama va umuman biznes sohasida faol ish yurituvchilar uchun hamyonbop sanaladi.

Qolaversa, amalda bepul konferensiyalar mutlaqo bo‘lmaydi. Har qanday bepul konferensiya tashkil etilishi ortida shu tariqa o‘zining marketing va reklama masalalarini hal etayotgan kompaniya, loyiha yoki brend turadi. ADWEEK spikerlari O‘zbekistonga o‘z tajribalari va qimmatli bilimlarini bizning mutaxassislarimiz hamda marketing va reklama sohasiga qiziquvchi har kim bilan o‘rtoqlashish uchun keladilar va ularning aksariyati yurtimizga birinchi bor tashrif buyuradi. Ular o‘zlarini, o‘z kompaniyalari yoki mijozlarini reklama qilmaydilar, internetda erkin foydalanishda uchramaydigan bilimlarni ulashadilar. Bu anchayin qadrli axborot manbai va uning uchun minimal, konferensiya chog‘ida axborotni to‘laqonli hamda samarali qabul qilish va fikr almashishga sharoit yaratish uchun zarur miqdorda to‘lov olinadi.

Ish kunida konferensiyada qatnashish o‘zini qanchalik oqlaydi?

Avvalo, marketing va reklama konferensiyalari kompaniyalarda strategiya va ilgarilatishga mas'ul mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Bu masalalarni har doim ham odatiy va doimiy usullar bilan samarali hal qilib bo‘lmaydi. O‘zini qadrlovchi har bir marketolog, birinchi navbatda, butun kompaniyani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va hayotga tatbiq qilishda qatnashuvchi mutaxassisdir. Va yilda bir martagina mutaxassislarimiz yangi g‘oyalar g‘amlab olish, voqeiy muvaffaqiyat tarixlari bilan tanishish, marketing va reklama borasida bunday hajmda ruhlanish kasb etish imkoniga ega bo‘lishadi. Qolaversa, bularning bari shu yerda, Toshkentda ro‘y beradi va buning uchun uzoqqa borish, butun dunyodan seminarlar izlash va soatlab internetda o‘tirish zarur bo‘lmaydi. Jahon miqyosidagi barcha «yulduz»larning o‘zi, bizning sharoitimizga moslashtirilgan kontent bilan bo‘lishish va ikkita konferensiya davomida mahalliy mutaxassislar savollariga bevosita javob berish uchun «mehmonga kelishadi».

ABC Show’dagi jahonning eng yaxshi reklamalari bilan tanishish nega zarur?

Birinchidan, bu noyob tadbir O‘zbekistonda birinchi bor o‘tkazilmoqda va shu sababli, noodatiy format ko‘plab savollar tug‘dirmoqda. Jahonning eng yaxshi reklamalari kolleksiyasi – bu nima va kim uchun?

11 aprel, soat 18:30da kino saroyida eng yaxshi reklama videoroliklari ko‘rsatiladi. Unda eng ko‘p taqdirlanadigan reklama roliklari – dunyoning 45ta yetakchi festivali g‘oliblari namoyish etiladi. Bu jahonning yetakchi kompaniyalari, yirik jahon bozorlarida muvaffaqiyatli sotuvlar tajribasiga ega xalqaro kreativ agentliklarning muvaffaqiyatli ishlari natijasini ko‘rish imkoniyatidir.

Sifati hayratda qoldiradigan roliklar, katta ekranda, mutaxassislar izohlari bilan – bu oqshomni butun dam olish kunlariga tatigulik hissiyotlar og‘ushida o‘tkazishning ajoyib g‘oyasi bo‘libgina qolmay, balki reklama «oshxonasi» sirlarini bilish, eng yirik jahon brendlari qanday sotishlarini ko‘rish, reklama kinosining eng usta professionallari ishlaridan lazzatlanish va jahondagi eng yaxshi reklama yechimlaridan ilhomlanish hamdir.

Bu yil Marketing va reklama ko‘rgazmasi o‘tkaziladimi?

Mamlakatda yagona Marketing va reklama ko‘rgazmasi bu yil, an'anaviy ravishda, xalqaro marketing konferensiyasi bilan birga, International Hotel Tashkent’da, 8–10 aprel kunlari o‘tadi. Ko‘rgazmaga kirish bepul.

So‘zimiz yakunida aytish o‘rinliki, biznes bilan shug‘ullanadigan, tobora kuchayib borayotgan raqobat sharoitida o‘zi va o‘z biznesini rivojlantirishni, tovar va xizmatlarini ilgarilatishni istaydigan, O‘zbekistonda marketing va reklama sohasining kelgusi taqdiriga befarq bo‘lmagan barcha-barchani ADWEEK haftaligi tadbirlari davomida noyob bilimlar, hissiyotlar va taassurotlar uyg‘unligi kutadi.

ADWEEK marketing va reklama haftaligi haqida batafsilroq axborot, konferensiya dasturi hamda ko‘rgazma va ABC show to‘g‘risidagi ma'lumotni www.adweek.uz saytidan olish mumkin. TAF! Birinchi Toshkent reklama festivali to‘g‘risidagi barcha axborot –www.tafest.uz. Chiptalarni www.myticket.uz. saytida xarid qilish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: