Ishchanlikni susaytiruvchi va oshiruvchi mahsulotlar ma'lum qilindi

Light 22:43 / 25.03.2019 45423

Sog‘lom ovqatlanish klinikasi bosh shifokori, diyetolog-shifokor Marina Kopitko insonning ishchanligini susaytiruvchi va oshiruvchi mahsulotlarni ma'lum qildi. 

Diyetologning ta'kidlashicha, ishchanlikning susayishiga bug‘doyning qattiq navidan tayyorlangan makaron, oq non, pishiriq, kartoshka pyuresi va paketlangan sharbatlar ta'sir qiladi.  

Qahvaga ham e'tibor qaratish kerak: bu ichimlik dastlab odamni tetiklashtiradi, biroq keyin teskari effekt beradi. Diyetolog, shuningdek, gazli va energetik ichimliklar ichishni tavsiya qilmagan.    

Ishchanlik va kayfiyatni ko‘tarish uchun yog‘li baliq, baliq jigari, sariyog‘ va tuxum sarig‘ida mavjud bo‘lgan D vitaminli mahsulotlarni iste'mol qilish lozim. Shuningdek, yog‘li baliq, yong‘oq va minimal tarzda texnologik qayta ishlangan yoki umuman ishlanmagan yormalarda, misol uchun, qattiq guruch, grechka kabilarda topish mumkin bo‘lgan omega-3 kislotasi ham foydalidir.

Ishchanlikni banan ham ko‘tarishi mumkin, unda tabiiy shakar bor. Uning tarkibiga quvonch gormoniga o‘xshash triptofan moddasi kiradi, biroq qand kasaliga ega yoki bu kasallikka moyil odamlar banan iste'mol qilmasliklari kerak. Ishchanlikni oshirish uchun yashil smuzi (olma, ismaloq va kashnich) ham foydali hisoblanadi. Qora, ko‘k yoki turli giyohlardan tayyorlangan choy ham tetiklashishda yordam beradi.

Diyetolog shirinliklarni xush ko‘ruvchilarga tortlarni kamroq agressiv bo‘lgan mahsulotlarga almashtirishni tavsiya qilgan. Bu maqsadda kakao miqdori 75 foizdan kam bo‘lmagan shokolad, marmelad yoki pastila iste'mol qilish to‘g‘ri keladi.  

Ko‘proq yangiliklar: