Erdo‘g‘an Turkiyadagi eng asosiy masjidda o‘zgarishlar yuz berishini ma'lum qildi

Jahon 08:28 / 25.03.2019 8211

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an rasmiylar Ayo Sofiya ibodatxonasining maqomini o‘zgartirish niyatida ekanini ma'lum qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Uning aniqlik kiritishicha, bugungi kunda ibodatxona muzey hisoblanadi hamda unga tashrif buyurish 60 lira (10 dollar)ga tushadi.

Rasmiylar ibodatxonaga masjid maqomini berish taklifi bilan chiqqan, bu esa kirishni bepul qiladi.

Qayd etilishicha, bunday chora 31 mart kuni bo‘lib o‘tadigan munitsipal saylovlardan so‘ng joriy qilinishi kerak.

Erdo‘g‘anning o‘zi bunday tashabbusga salbiy munosabatda, sababi bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 

Bundan oldin, Turkiya O‘zbekistondagi islom ilmiy maktablarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: