Dubayda “Dunyoning eng yaxshi o‘qituvchisi” million dollar bilan mukofotlandi

Jahon 08:11 / 25.03.2019 11617

Dubayda “Dunyoning eng yaxshi o‘qituvchisi”ga mukofot topshirilishi marosimida rohib-fransiskan Piter Tabichi g‘olib deb topilib, 1 million dollarlik mukofot puli oldi. Bu haqda Dubay matbuot xizmati Dubai Media Office ma'lum qildi.

Hind tadbirkori Sanni Varkeyning xayriya jamg‘armasi 2015 yildan boshlab “Dunyoning eng yaxshi o‘qituvchisi”ga mukofot topshirib keladi. Joriy yilda tanlovda ishtirok etish uchun 179 ta davlatdan 10 ming ariza topshirilgan.

36 yoshli Tabichi Keniyaning qishloq joyidagi maktabda tabiiy fanlardan saboq beradi. Mukofot tashkilotchilarining aytishicha, Tabichi ishlaydigan maktabda bor-yo‘g‘i bir dona kompyuter bor bo‘lib, bir o‘qituvchiga 58 nafar o‘quvchi to‘g‘ri keladi.

Sovrindor, shuningdek, maoshining katta qismini nochorlarga ulashishi bilan ham ma'lum.

Varkey jamg‘armasi mukofoti Dubay hukmdori shayx Muhammad bin Rashid Al Maqtumning patronaji ostida topshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: