Boeing uchuvchilar bilan 737 MAX parvozlarini qayta tiklashni muhokama qilmoqda

Jahon 08:33 / 25.03.2019 3761

Boeing korporatsiyasi Boeing 737 MAX seriyasidagi samolyotlardan foydalanishni qayta tiklash masalasini muhokama qilish uchun aviatsiya sanoati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, uchrashuvga uchuvchilar va texnik mutaxassislar taklif etilgan.

Aniqlik kiritilishicha, uchrashuv Vashington shtatidagi Renton shahrida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq, Boeing kompaniyasi aviakompaniyalarga xizmat ko‘rsatish byulletenini ishlab chiqayotgani, u, xususan, xavfli xatolarni bartaraf etish uchun 737 MAX laynerlariga yangi dasturiy ta'minot o‘rnatishni belgilashi xabar qilingandi.

Bundan oldin, Boeing milliardlab dollarlik shartnomadan mahrum bo‘lgandi

Ko‘proq yangiliklar: