AQShning Yaponiyadagi harbiy bazasida qo‘poruvchilik sodir etildi

Jahon 11:09 / 25.03.2019 10002

Yaponiyaning Okinava orolida AQSh dengiz piyoda qo‘shinlarining Kemp-Dzukeran bazasida qo‘poruvchilik sodir etildi. Bu haqda AQSh harbiy politsiyasiga iqtibos keltirgan holda Kyodo axborot agentligi xabar berdi

Ma'lum qilinishicha, noma'lum kimsalar baza devorining bir qismiga shikast yetkazib, uning hududida bostirib kirishgan. Shundan keyin ular baza hududida qo‘llanuvchi gaz ballonini portlatishgan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Kemp-Dzukeran bazasida AQSh dengiz piyoda qo‘shinlarining Okinavadagi guruhi shtabi joylashgan. Umuman olganda bu orolda hudud bo‘yicha AQShning Yaponiyadagi harbiy obektlarining 70 foizi mujassamlashgan, vaholanki orol Yaponiya hududining 1 foizinigina tashkil qiladi. Bu obektlar orasida AQSh harbiy-havo kuchlarining xorijdagi eng katta bazasi – Kadena ham bor.   

Ko‘proq yangiliklar: