Yevro-2020 saralashi. Shveytsariya o‘z guruhida peshqadam

Sport 10:30 / 24.03.2019 4145

2020 yilgi Yevropa chempionatining guruh bosqichida D guruhida 1-tur doirasida Gruziya Shveytsariyani qabul qildi. Tbilisidagi «Dinamo-Arena» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi birinchi golni ikkinchi bo‘lim boshida Brila Emboloning pasidan unumli foydalangan Stiven Tsuber urdi. 80-daqiqada shveysariyaliklar havbeki Denis Zakariya hisobdagi ustunlikni oshirdi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuv Irlandiya va Gibraltar o‘rtasida o‘tkazildi. Gibraltardagi «Viktoriya» stadionida kechgan o‘yinda mehmonlar 1:0 hisobida ustun kelishdi.

O‘yindagi yagona gol 49-daqiqada Jyeffri Xendrik tomonidan urildi. Uni Devid Makgoldrik golli pas bilan ta'minladi.

Shveytsariya birinchi turdan keyin 3 ochkodan to‘plagan holda (to‘plar nisbati Irlandiyanikidan yaxshiroq) D guruhida peshqadamlik qilmoqda. Guruhning beshinchi vakili Daniya hali o‘z ishtirokini boshlamadi.

2-turda Gruziya Dublindagi «Aviva» stadionida Irlandiya mehmoni bo‘ladi, Shveytsariya Bazeldagi «Sankt-Yakob Park» stadionida Daniyani qabul qiladi. Ikki o‘yin ham 26 martga belgilangan. Gibraltar o‘zining keyingi o‘yinini iyunda Gruziyaga qarshi o‘tkazadi.

Yevro-2020 saralashi
1-tur
Gruziya – Shveytsariya 0:2
(0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 56 Tsuber, 0:2 – 80 Zakariya.
Gruziya – Loriya, Xocholava, Kashiya, Tabidze (Kverkveliya, 62), Kakabadze, Kazaishvili, Kvekveskiri, Gviliya, Ananidze (Kacharava, 83), Kankava, Kvilitaya (Lobjanidze, 73).
Shveytsariya – Zommer, Sher, Lixshtayner, Akandji, Rodriges, Zakariya, Froyler (Sou, 89), Djaka, Tsuber, Gavranovich (Ayyeti, 61), Embolo (Shteffen, 84).
Ogohlantirishlar: Kvekveskiri (70), Xocholava (76), Djaka (89), Gviliya (90).

Gibraltar – Irlandiya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 49 Xendrik.
Gibraltar – Golduin, Chipolina, Ennesli (Pristli, 64), Olivero, Chipolina, Bardon, Sardjyent, Uoker, De Barr, Kassiaro, Ernandes (Pons, 78).
Irlandiya –    Rendolf, Koulmen, Daffi, Stivens, Doerti (Breydi, 56), Makkleyn, Xurixeyn, Xendrik, Kio, Maguayr (Arter, 73), Makgoldrik.
Ogohlantirishlar: Kassiaro (41), Makkleyn (45), Stivens (67), De Barr (90).

Ko‘proq yangiliklar: