Venesuelaning xorijiy hisobraqamlaridan 2 oy ichida 30 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ o‘g‘irlangan 

Jahon 09:10 / 24.03.2019 11633

Venesuela aloqa va axborot vaziri Xorxe Rodrigesning xabar berishicha, oxirgi 2 oy ichida mamlakatning xorijiy hisobraqamlaridan 30 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ o‘g‘irlangan. 

Rodriges bu haqda Karakasdagi matbuot anjumanda ma'lum qildi.

Vazirning ta'kidlashicha, mamlakatga tegishli pullar Vashington topshirig‘i bilan o‘g‘irlangan. “Venesuela turli banklarda saqlagan aktivlarning olib chiqilishi yuz bermoqda. Bularning barchasi Tramp ma'muriyati buyrug‘i bilan sodir etilmoqda”, deb ta'kidlab o‘tgan Rodriges.

Ko‘proq yangiliklar: