«Temurbeklar maktabi» o‘quvchilari xalqaro olimpiadada 2-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston 11:10 / 24.03.2019 6120

Bugun, 23 mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada birinchi marta ishtirok etgan Mudofaa vazirligi tasarrufidagi «Temurbeklar maktabi» o‘quvchilari tantanali ravishda kutib olindi.

Mazkur olimpiada joriy yilning 19—22 mart kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a'zo davlatlarning oliy ta'limgacha muassasalari o‘rtasida matematika va fizika fanlari bo‘yicha o‘tkazildi.

Musobaqada O‘zbekiston vakillariga Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg va Qozon Suvorov harbiy bilim yurtlari hamda Doir Asanov nomidagi Qirg‘iz milliy harbiy litseyi (Qirg‘iziston Respublikasi) o‘quvchilari raqib bo‘lishdi.

Ilk bor o‘tkazilgan ushbu olimpiadada O‘zbekiston «Temurbeklar maktabi» o‘quvchilari umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Xalqaro olimpiada ishtirokchilarini kutib olish marosimida Mudofaa vazirligi ofitserlari, Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri jamoasi hamda o‘quvchi yoshlarning ota-onalari ishtirok etdi.

 

Ko‘proq yangiliklar: